Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya armiyasidagi askarlar sonini taxminan 180 ming nafarga oshirib, umumiy harbiy xizmatchilar sonini 2 mln 389 mingdan ortiq kishiga etkazish haqidagi farmonni imzoladi.

Tegishli qaror 16 sentyabrʻ, dushanba kuni normativ-huquqiy hujjatlar portalida eʻʻlon qilindi va 2024 yil 1 dekabrdan kuchga kiradi.

"Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlarining shtat darajasini 2 389 130 birlik, shu jumladan 1 500 000 nafar harbiy xizmatchilar miqdorida belgilashga qaror qildim", - deyiladi hujjatda.

Putin Rossiya hukumatiga federal byudjetdan mamlakat Mudofaa vazirligiga ushbu Farmonning 1-bandini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan byudjet mablagʻlarini ajratishni taʻʻminlashni topshirdi.

Qurolli Kuchlar shaxsiy tarkibi oxirgi marta 2023 yil dekabrida oʻzgartirilgan edi. Oʻshanda u 2 209 130 kishiga, shu jumladan 1 320 000 harbiy xizmatchiga koʻtarilgandi. Keyinroq harbiy xizmatchilar soni 170 ming kishiga oshirildi.

Mavzuga aloqador