Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyn dushanba kuni Islomobodda Pokiston TIV rahbari Jalil Abbos Jiloniy bilan uchrashdi. Tomonlar ikki davlat oʻrtasida hech qanday chegara daʻʻvolari yoʻqligini hamda terrorizmga qarshi birgalikda kurashish rejasini maʻʻlum qildi.

Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyn dushanba kuni Islomobodda Pokiston TIV rahbari Jalil Abbos Jiloniy bilan uchrashdi.

Tomonlar “terrorizmga qarshi kurashishda hamkorlik qilish”ga kelishib olinganini maʻʻlum qilib, “bir‑birlarining xavotirlarini yoʻq qilish va bartaraf etish” zarurligini taʻʻkidladi.

Pokiston TIV rahbari hamkorlikning asosiy qadami bir-birining suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilish ekanligini qayd etib oʻtdi.

Oʻz navbatida, Abdullaxiyn Eron-Pokiston chegarasi hududida faoliyat yuritayotgan radikal guruhlar tashqaridan qoʻllab-quvvatlanayotganini taʻʻkidladi.

Eron va Pokistonning chegaradosh viloyatlari va hududlarida joylashgan terrorchilar uchinchi davlatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotganiga shubha yoʻq. Biroq Tehron va Islomobodning birgalikdagi saʻʻy‑harakatlari sharofati bilan biz terrorchilarga ikki davlatga hujum qilishlariga yoʻl qoʻymaymiz”, — dedi u.

Eron vazirining qoʻshimcha qilishicha, tomonlar chegara xavfsizligi va terrorizmga qarshi kurash boʻyicha keyingi choralarni koʻrishga kelishib olgan.

Vazirlar, shuningdek, tashqi ishlar vazirlari darajasida hamkorlikning turli sohalaridagi taraqqiyotni nazorat qiluvchi mexanizm yaratishga kelishib oldilar. Unga koʻra, Eron va Pokistonda muntazam ravishda uchrashuvlar oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz, 16 yanvarʻ kuni Eron Pokistondagi radikal guruhlarga qarshi zarbalar berganidan soʻng ikki davlat munosabatlari yomonlashgan, ikki kundan keyin esa Pokiston harbiylari Erondagi ekstremistlar pozitsiyalariga oʻt ochganini maʻʻlum qilgandi. Natijada ikki davlat elchilari chaqirib olindi, biroq ular keyinroq keskinlik pasaygach, ular oʻz ish joylariga qaytishgan.

Ayni paytda, oʻtgan shanba kuni Eronning Siston va Balujiston viloyatida nomaʻʻlum kimsalar toʻqqiz pokistonlik ishchini otib oʻldirgan, yana uch nafari yaralangan. Pokiston tergov oʻtkazish va aybdorlar tezda jazolanishini talab qildi.

Mavzuga aloqador