Isroil Gʻazodagi nasroniylarning mavjudligiga genotsidning bir qismi sifatida barham berayotgan ekan, Gʻarb etakchilari buni eʻʻtiborsiz qoldirmoqda.

Falastinlik jurnalist Dovud Kuttob (Daoud Kuttab) nima uchun nasroniy diniga eʻʻtiqod qiluvchi Gʻarb mamlakatlari hukumatlari Falastinda Isroil tomonidan nasroniylarning ham qatliom qilinayotganiga koʻz yumayotganiga eʻʻtibor qaratdi. Uning Al Jazeera tomonidan eʻʻlon qilingan maqolasini toʻliq holda eʻʻtiboringizga havola etamiz.

7 oktyabrdan beri Isroil va uning ittifoqchilari Gʻazodagi urushni “terrorga qarshi urush” doirasida qoʻyishga harakat qilib, faol ravishda HAMASni IShID bilan qiyoslashmoqda. Falastinliklarni musulmonlar bilan teng oʻringa qoʻygan koʻpchilik haqiqatan ham bu yolgʻon rivoyatga ishonadi.

Ammo Isroil Gʻazoga qarshi olib borayotgan shafqatsiz urush oʻzi daʻʻvo qilganidek "faqat terrorchilarni" nishonga olayotgani yoʻq. Bilʻʻaks u falastinlik musulmonlar bilan bir qatorda falastinlik nasroniylarni ham qirgʻin qildi - bu huquqshunoslar taʻʻbiri bilan aytganda genotsid demak.

 Gʻazodagi nasroniy jamiyati hozirgacha kamida 21 aʻʻzosini yoʻqotdi. Bu kichik raqam boʻlib koʻrinishi mumkin, ammo urushdan oldin ular atigi 1000 kishi boʻlganini hisobga olsak, bu qirgʻinlarni deyarli 2000 yil ichida ilk bor sektordagi nasroniy mavjudligini yoʻq qilishga tahdid bilan teng. Proporsional ravishda, falastinlik nasroniylarning oʻlim darajasi Gʻazodagi butun Falastin aholisidan ikki baravar koʻp.

Va shunga qaramay ham, Gʻarbdagi xristianlar ulushi koʻp mamlakatlar  rahbarlari Falastin nasroniylarining ahvoli haqida taajjubli bir tarzda sukut saqlashdi. Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti, dindor katolik boʻlgan Jo Bayden Isroil armiyasi tomonidan nishonga olingan Gʻazodagi boshqa katoliklarni himoya qilish yoʻlida biror nima demadi, biror ish ham qilmadi. 

Xuddi shunday tarzda muqaddas erlarda nasroniylarning mavjudligiga tahdid solayotgan irqchi Isroil davlatini Gʻarb nasroniylari oʻnlab yillar davomida qoʻllab kelishgan.

Taʻʻqibga uchragan xristianlar tarixi

Isroilning Falastin nasroniylariga qarshi hujumi HAMAS tashkil etilishidan ancha oldin sodir boʻlgan.  1948 yilgi Nakba paytida yahudiy jangarilar Falastin qishloqlari va shaharlariga hujum qilganda, Falastin musulmonlari kabi falastinlik nasroniylar ham nishonga olingan edi.

Shunda xristian falastinliklar Liddadan (bugungi isroilliklar Lod deb atashadi) quvib chiqarildi. Koʻpchilik Ramallohda boshpana topish, shafqatsiz yahudiy jangarilaridan qochishga urinib, oʻnlab kilometrlarni piyoda bosib oʻtishdi.

Quddus va boshqa hududlarda ham falastinliklar eʻʻtiqodidan qatʻʻi nazar, haydab chiqarildi. Mening oila aʻʻzolarim - dadam, amakim va buvim - hayotlarini saqlab qolish uchun qochishga majbur boʻlishdi. Musrara mahallasida yashovchi xolam va uning oilasi u erda xavfsizlikda boʻlamiz degan ilinj bilan Notr-Dam katolik cherkovi yonidan panoh qidirishadi, biroq yahudiy mergan uning erini otib oʻldirib, etti yosh bolasi bilan beva qoldiradi.

Isroil davlati barpo etilgandan soʻng ham terror va bosqinchilik toʻxtamadi.  Misol uchun, arab-isroil urushi soʻngida Isroil shimolida qulagan, asosan, falastinlik nasroniylar yashaydigan ikkita Iqrit va Biram qishlogʻi aholisi 1948 yilning noyabrida chiqib ketishga majbur boʻldi. Ularga "ikki hafta ichida" qaytishlari mumkinligi aytildi. Biroq Isroil davlati bunga hech qachon ruxsat bermagan.

Keyingi oʻn yilliklarda Isroil daʻʻvo qilgan hududda qolgan falastinlik nasroniylar falastinlik musulmonlar singari aparteid rejimiga roʻbaroʻ kelishdi. Hayfada joylashgan Adalah NNT tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga koʻra, ular Isroilning yahudiy fuqarolari foydalangan huquqlardan mahrum qiluvchi 65 ga yaqin irqchilik qonunlariga boʻysunishga majbur etilgan.

Ushbu qonunlarning eng qadimgilaridan biri 1950 yilda qabul qilingan "Qaytish toʻgʻrisida"gi qonun boʻlib, u yahudiylarning Isroilga kelish, joylashish va avtomatik ravishda fuqarolikni olish huquqini mustahkamlagan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 194-rezolyutsiyasida falastinliklarga oʻz vatanlariga qaytishiga ruxsat berilishi va ularga uylaridan ayrilgani uchun tovon toʻlanishi kerakligi toʻgʻrisida qaror chiqarganiga qaramay, qonun haydalgan Falastin tub aholisiga huquq berishni inkor etdi.

Yaqinda Knesset 2018 yilda Isroilni yahudiy xalqining milliy davlati sifatida rasman eʻʻlon qiladigan "Milliy davlat toʻgʻrisida"gi qonun loyihasini maʻʻqulladi va shu bilan yahudiylarning qonuniy ustunligini yanada mustahkamladi. Bu Isroil jamiyatidagi ekstremistik unsurlarga shijoat berib, ularning Falastinga qarshi zoʻravonliklarini tagʻin kuchaytirdi.

Yahudiy ekstremistlarining falastinlik nasroniylarni taʻʻqib qilish va qoʻrqitish, ularning ustiga tupurish va ularning kortejlariga hujum qilish holatlari avj oldi. Xristian mulklari, jumladan, cherkovlar va qabristonlar ham nishonga olindi.

HAMASning 7 oktyabrʻ kuni Isroil janubiga uyushtirgan hujumlaridan bir necha kun oldin bir guruh yahudiy erkaklar va oʻgʻil bolalar xoch koʻtargan nasroniy kortejini quvib, ularning ustiga tupurishgan edi. Voqea aks etgan video internetga tarqaldi va xalqaro norozilikka sabab boʻldi, shunda ham Gʻarb etakchilari sukut saqlashdi. Xristian cherkovi rahbarlarining yahudiylar zoʻravonliklariga qarshi choralar koʻrish haqidagi yillar davomidagi takroriy chaqiruvlarini kar quloqlar eshitmadi.

Gʻarbning Falastin nasroniylarining ahvoliga nisbatan befarqligi

17 oktyabrʻ kuni, Gʻazoga qarshi shafqatsiz urush boshlaganidan bir necha oʻtib, Isroil Gʻazodagi nasroniylar tomonidan boshqariladigan Ahli Arab kasalxonasi hovlisini bombardimon qildi va u erdan boshpana topgan yuzlab odamlarni oʻldirdi. Isroil tashviqot mashinasi hujumda aybni Falastin Islomiy Jihodiga yuklamoqchi boʻldi, biroq keyingi tekshiruvlar u keltirgan “dalillar” uydirma ekanligini tasdiqladi.

Ikki kun oʻtgach, Isroil armiyasi dunyodagi uchinchi eng qadimgi cherkov boʻlgan Avliyo Porfiriy cherkovini bombaladi va kamida 18 kishini halok qildi.

Cherkovni boshqarib turgan Quddus pravoslav patriarxiyasining maʻʻum qilishicha, oʻsha paytda ichkarida boʻlganlarning koʻpchiligi ayollar va bolalar edi. "Cherkovlar va ularning muassasalarini, ularga qoʻshimcha ravishda ular begunoh fuqarolarni himoya qilish uchun taqdim etadigan boshpanalarni nishonga olish eʻʻtibordan chetda qoldirib boʻlmaydigan harbiy jinoyatdir", deyiladi bayonotda.

Biroq falastinlik nasroniylarni nishonga olish davom etaverdi. 16 dekabrʻ kuni Gʻazo shahridagi Muqaddas oila katolik cherkoviga boshpana topgan ikki falastinlik ayol isroillik mergan tomonidan otib oʻldirilgan edi. Quddus Lotin Patriarxiyasi ikki ayolning "otib oʻldirilgani"ni aytdi, Rim papasi Frensis esa haftalik yakshanba kungi marosimda qotillikni qoralab chiqdi.

Qarindoshlari cherkovda qamalib qolgan Britaniya parlamenti deputati Laylo Moran Isroil armiyasi quyosh panellari, suv rezervuarlari va generatorlarini nishonga olishdan tashqari, tinch aholiga qarshi oq fosfor ishlatib, boshpanadagilar hayotini yanada tahlikali ahvolga solib qoʻyganiga guvoh boʻlganliklarini aytdi.

Oʻtgan 80 kunlik urush mobaynida nasroniy falastinliklar butun dunyoga oʻzlariva barcha falastinliklarning ahvoliga qaratish va genotsidni toʻxtatish uchun chora koʻrishni soʻrab murojaat qilishdan toʻxtashmadi.

Falastinlik katolik ona Baydenga murojaatnoma eʻʻlon qilib, uni siyosatida oʻz axloqiy eʻʻtiqodiga tayanishga chaqirdi. "Biz kichik Xudoning farzandlari emasmiz, janob prezident, biz tinchlik va adolat xabari boshlangan muqaddas zaminning falastinlik nasroniylarimiz va sizni genotsidni toʻxtatishga chaqiramiz".

Falastin nasroniy jamiyati etakchilari, shuningdek, Gʻarb cherkov rahbarlari va ilohiyotshunoslariga ochiq maktub yoʻllashib, unda “Isroilni tanqidsiz qoʻllab-quvvatlagan gʻarb ilohiyotshunoslari va cherkov rahbarlariga” eʻʻtiroz bildiradi, ularni tavba qilishga va oʻzgarishga chaqiradi.

Bayden va gʻarblik nasroniylar koʻp boʻlgan boshqa davlat rahbarlari Falastin hayotiga - musulmonlar va nasroniylar hayotiga befarqlikni namoyosh etishdi. AQSh BMT Xavfsizlik kengashida bir necha bor sulh rezolyutsiyalariga qarshi ovoz bergan va Isroilga falastinliklarni qirgʻin qilishni toʻxtatish yoki hatto uni biroz tanqid qilish uchun bosim oʻtkazishga qaratilgan har qanday urinishlarga toʻsqinlik qilgan.

Bayden va uning maʻʻmuriyati chindan ham falastinlik nasroniylarga “kichikroq Xudoning farzandlaridek” munosabatda boʻlishdi. U va Isroilni qoʻllab-quvvatlagan boshqa Gʻarb etakchilari Falastin xalqining genotsidi uchun toʻliq javobgardir. Ularning qilgan ishlarini insoniyat unutmaydi.

Bunday qaygʻuli vaqtda koʻpchilikka umid baxsh etayotgan narsa shuki, Isroil shafqatsizligi va Gʻarb sukunatiga qaramay, musulmon va nasroniy falastinliklar bir front boʻlib birlashdilar. Isroil uzoq vaqtdan beri bizga boʻlib tashla va hukmronlik qil taktikasini qoʻllagan, ammo soʻnggi ikki yarim oy ichida biz Isroil mustamlakachilik zoʻravonligi va irqchilik qarshisida birligimiz har qachongidan ham kuchliroq ekanligini namoyon etdik.

Mavzuga aloqador