Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir oʻgʻli Shuval Ben Gvirning X ijtimoiy tarmogʻida AQSh prezidenti Jo Baydenni masxaralab yozgan posti uchun uzr soʻradi.

“Shuval – oʻgʻlim, mening eng sevimli insonim. Ammo bugun kechqurun u tvitda men mutlaqo yoqlamaydigan jiddiy xatoga yoʻl qoʻydi. Amerika Qoʻshma Shtatlari – bizning buyuk doʻstimiz, prezident Bayden esa Isroilning doʻsti. Xatti harakatlarini yoqlamasam ham, Xudo haqqi, bu erda bepisand usulga oʻrin yoʻq. Insoniylikka hurmat, bu – poydevor va men farzandlarimni shunday tarbiyalayman. Oʻgʻlimning soʻzlari uchun uzr soʻrayman”,   deb yozdi u X ijtimoiy tarmogʻida. 

Milliy xavfsizlik vazirining oʻgʻli Shuval Ben-Gvirning avvalroq Jo Bayden suratini ilova qilib yozgan tviti qizgʻin muhokamalarga sabab boʻlgan edi. 

“Ushbu qiyin paytlarda Alʻtsgeymer, keksalikda aqliy salohiyatning pasayishi va dementsiya (xotira, fikrlash va kundalik ishlarni qilish qobiliyatiga taʻʻsir koʻrsatuvchi bir nechta kasalliklar jamlanmasi – Azon Global)ning asosiy sababchisi boʻlgan degenerativ miya kasalligi haqidagi xabardorlikni oshirish muhimdir. Bu insonning ish faoliyati va oʻzini  tuta bilishiga zarar etkazuvchi ogʻir kasallik”, - deb yozgandi. 

Ben-Gvirning oʻgʻli keyinroq tvitni oʻchirib tashladi, otasi esa oʻgʻlining qilmishi uchun kechirim soʻradi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Itamar Ben-Gvir Bayden maʻʻmuriyatini Isroilning urush harakatlariga zarar etkazishda ayblagan edi.

Mavzuga aloqador