Standard & Poor's reyting agentligi eʻʻlon qilgan statistik maʻʻlumotlarga koʻra, 2024 yilning birinchi yarmida jahon miqyosida sukuk emissiyasining umumiy hajmi 91,9 milliard dollarni tashkil etgan. Qayd etilishicha, joriy yil boshidan buyon islomiy sukuk obligatsiyalarini chiqarishda tezlashuv kuzatildi, koʻplab davlat idoralari va xususiy sektor oʻz rejalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan likvidlikni taʻʻminlash uchun ushbu vositaga tayanmoqda.

Standard & Poor's reyting agentligi eʻʻlon qilgan statistik maʻʻlumotlarga koʻra, 2024 yilning birinchi yarmida jahon miqyosida sukuk emissiyasining umumiy hajmi 91,9 milliard dollarni tashkil etgan, deb yozadi Atalayar nashri.

Sukuk emissiyasi hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan biroz oshib, qiymati 91,3 milliard dollarga etgan, ekspertlarning fikricha, yilning ikkinchi yarmida sukuk emissiyasi yanada tezlashadi.

S&P hisobotida birinchi yarim yillik yakunida xorijiy valyutadagi sukuk emissiyasi sezilarli darajada – 23,8 foizga oshib, 32,7 milliard dollarga etgani qayd etildi.

Reyting agentligi hisobotiga koʻra, bu oʻsishda asosiy hissa Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon, Malayziya va Quvayt emitentlariga tegishli boʻlgan.

Fitch Ratings  avvalroq eʻʻlon qilgan maʻʻlumotlarga koʻra, 2023 yilda dunyoda muomalaga chiqarilgan sukuk hajmi qariyb 850 milliard dollarni tashkil qilgan. 2024 yilgi S&P hisob-kitoblariga koʻra, chiqarilgan yangi sukuk hajmi 160-170 milliardni tashkil etadi, shuning uchun bu bozorning umumiy hajmi 1 trillion dollardan oshishi mumkin.

Qayd etilishicha, joriy yil boshidan buyon islomiy sukuk obligatsiyalarini chiqarishda tezlashuv kuzatilgan, koʻplab davlat idoralari va xususiy sektor oʻz rejalarini amalga oshirishda zarur boʻlgan likvidlikni taʻʻminlash uchun ushbu vositaga tayanmoqda.

Mavzuga aloqador