AQSh va Isroil rasmiylari Eron Isroilga dushanba kuni hujum qilishi mumkinligini bildirdi. Axios manbalariga koʻra, Eronning harakatlari aprelʻ oyidagi hujumga oʻxshash, ammo potentsial jihatdan kattaroq boʻladi. Ularda Hizbulloh ham ishtirok etishi mumkin.

AQShning Yaqin Sharqdagi kuchlariga masʻʻul boʻlgan amerikalik general Maykl Kurilla Eron tomonidan Isroilga ehtimoliy hujumga tayyorgarlik koʻrilayotgan bir paytda shanba kuni mintaqaga keldi. Bu haqda ikki amerikalik rasmiy Axios nashriga xabar berdi.

AQShning yuqori martabali harbiylarining mintaqaga safari Isroil, Eron va Hizbulloh oʻrtasidagi munosabatlar yomonlashishidan oldin rejalashtirilgan edi. Ammo u ushbu safardan Isroilga Eronning 13 apreldagi hujumini qaytarishga yordam bergan xalqaro va mintaqaviy koalitsiyani yana safarbar qilish maqsadida foydalanishi kutilmoqda, dedi AQSh rasmiylaridan biri.

AQSh va Isroilning uch rasmiysi Eron dushanba kuniyoq Isroilga hujum qilishini kutishgan.

Eron va Hizbulloh etakchilari Hizbullohning oliy harbiy qoʻmondoni Fuad Shukr va HAMAS siyosiy etakchisi Ismoil Haniyaning oʻldirilishi uchun qasos olishga vaʻʻda berishgan.

Bundan tashqari, AQSh Eronning Isroilga ehtimoliy hujumiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Yaqin Sharqdagi qoʻshinlarini kengaytirib, mintaqaga koʻproq harbiy kemalar va qiruvchi samolyotlar yubormoqda. Bu haqda Pentagon juma kuni maʻʻlum qildi.

Axios manbalariga koʻra, Eronning harakatlari aprelʻ oyidagi hujumga oʻxshash, ammo potentsial jihatdan kattaroq boʻladi. Ularda Hizbulloh ham ishtirok etishi mumkin.

Oq uy oldingi hujumlarni qaytargan davlatlar koalitsiyasini safarbar qilish qiyinroq boʻlishidan qoʻrqayotgani taʻʻkidlandi. Chunki Haniyaning oʻldirilishi butun mintaqada Isroilga qarshi kuchli kayfiyatni uygʻotgan.

AQSh rasmiysiga koʻra, Kurilla Fors koʻrfazining bir qancha mamlakatlari, jumladan, Iordaniya va Isroilga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Iordaniya uning safarida asosiy toʻxtash joyi boʻladi.

Pentagon va CENTCOM ushbu xabarlarga izoh bermadi.

Axios suhbatdoshlari Eron va Hizbulloh hujumni muvofiqlashtirishi yoki alohida harakat qilishiga ishonchlari komil emasligini aytishgan.

Shuningdek, ularning fikricha, Eron ham, Hizbulloh ham harbiy rejalarini yakunlash va ularni siyosiy darajada tasdiqlash ustida ishlamoqda. AQSh rasmiysining aytishicha, Bayden maʻʻmuriyati ularni toʻxtatib turish va harbiy rejalariga taʻʻsir oʻtkazish uchun juma kuni (Eron va Hizbulloh javob zarbasini muhokama qilayotgan paytda) AQSh qoʻshinlari toʻplanayotgani haqida eʻʻlon qilishga qaror qilgan.

Mavzuga aloqador