Isroil tomonidan bosib olingan Golan tepaliklarida joylashgan Majd al Shams shahridagi druzlar jamoasi 12 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan raketa hujumi qurbonlari dafn marosimida isroillik vazirlarning ishtirok etishiga norozilik bildirdi, deb xabar berdi Sabah nashri.

Isroil hujumni Livan Hizbullohi bilan bogʻladi, biroq Hizbulloh fojiaga aloqadorligini rad etdi. Moliya vaziri Bezalel Smotrich dafn marosimiga kelganida, qurbonlarning qarindoshlari uni marosimdan quvib chiqara boshlashdi.

“Bu erdan ket, jinoyatchi. Biz sizni Golanda koʻrishni xohlamaymiz, - deya qichqirdi motam tutuvchilardan biri. Hukumatning boshqa aʻʻzolari - atrof-muhit vaziri Idit Silman, iqtisodiyot vaziri Nir Barkat va energetika vaziri Eli Koen ham xuddi shunday qarshi olindi.

“Kelmang. Ushbu masalaning nozikligini inobatga olib, ushbu fojiani siyosiy voqeaga aylantirmaslikni soʻraymiz. Biz druzlarning urf-odatlari boʻyicha tinchgina dafn marosimini oʻtkazish imkoniyatini berishni talab qilamiz”, — deb yozadi jamoa etakchilari Isroil hukumatiga murojaatida.

Druzlar – avval shia mazhabining ismoiliylar tarmogʻiga eʻʻtiqol qilgan, ammo XI asrda ulardan ajralib chiqib, alohida druzizm yoʻnalishiga asos solgan arablar boʻlib, ular soni dunyo boʻyicha 1,5 million, Isroilda 150 ming nafarga yaqinni tashkil etadi. 1957 yilda Isroil tomonidan druzlar alohida diniy konfessiya deb eʻʻlon qilinganidan soʻng jamoat etakchilarining iltimosi bilan druzlar Isroil armiyasida xizmat qilish, Ksennetga ovoz berish kabi huquqlarni qoʻlga kiritgan.

Mavzuga aloqador