Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 348 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Rafah, Nuseyrat lageri va Zaytun hududiga hujum qildi. Isroilning soʻnggi 24 soat ichida uyushtirgan hujumlarida kamida 20 kishi halok boʻldi, 54 kishi yaralandi.

▪️2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilning Gʻazo sektoriga hujumi oqibatida falastinliklar halok boʻlganlar soni 41 272 nafarga etdi, kamida 95 551 kishi jarohatlangan.

▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Al-Xalil, Baytlahm va Tulkarmda falastinliklarni ommaviy hibsga olmoqda.

▪️Nablusda shiddatli janglar ketmoqda. Kelgindi yahudiylar Yusuf paygʻambar (Avliyo Iosif) qabriga bostirib kirdi.

▪️Livan Sogʻliqni saqlash vazirligi: Isroil terakti (peyjerlarning portlatilishi) qurbonlari soni 11 kishiga etdi va 4 ming yarador boʻldi, ulardan 400 nafarining ahvoli ogʻir.

▪️Qassam brigadalari Rafah shahrida bosqinchilar joylashgan binoni portlatib yubordi. 4 askar oʻldi, 5 tasi yaralandi.

▪️Bugun tongda fashistlar Livan janubidagi Al-Udeys, Xiam, Marun va Shixin shaharlariga hujum qildi.

▪️Gʻazo fuqarolik mudofaasi uskunalarsiz ishgʻolchilar hujumlari natijasida Burayj lagerida vayronalar ostida qolib ketgan 80 ga yaqin shahid jasadlarini olib chiqmoqda.

▪️Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi Gʻazoda oʻldirilgan 34344 kishining ismlari, tugʻilgan sanalari va jinsi koʻrsatilgan 649 sahifalik hujjatni eʻʻlon qildi. Birinchi 14 sahifada chaqaloqlarning ismlari bor.

Mavzuga aloqador