2023 yilda dunyoning 16 mamlakatida 1153 ta oʻlim jazosi ijro etildi. Qatl etilganlarning 24 nafari ayollar, 5 nafari bolalardir. Oʻlim jazolarining eng koʻpi Eronda amalga oshirilgan boʻlib, asosan sunniy balujlar qatl qilingan. 

Yillik hisobot 28 may kuni Amnesty International tashkiloti saytida chop etilgan. Xabar qilingan qatllarning oʻsishiga birinchi navbatda Eron sabab boʻldi. Bu erda oʻtgan yili kamida 853 kishi qatl qilingan, 2022 yilda esa – 576 kishi. 2015 yildan beri qayd etilgan eng koʻp qatllar soni – 1634 tani tashkil qiladi (2016 yilda)

Oʻlim jazosini ijro etishda asosan boshni kesish, osish, oʻlimga olib keladigan ukol qilish va otish usullaridan foydalangan. 

Qatl etilganlar orasida 24 nafar ayol va besh nafar bola bor. Amaliyot nomutanosib ravishda baluj etnik ozchiligiga taʻʻsir koʻrsatdi, ular xabar qilingan qatllarning 20 foizini tashkil qiladi. Garchi ularning oʻzlari Eron aholisining atigi 5 foizini tashkil qilsa ham. Hisobotga koʻra, giyohvand moddalar bilan bogʻliq qatllar soni 2022 yildagi 255 tadan 88 foizga oshib, 481 taga etgan.

Taʻʻkidlash joizki, Eron Xitoydan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Bu raqamlar, mamlakatda qatl qilinganlar statistikasi davlat siri boʻlgani sababli minglab qatl etilganlarni oʻz ichiga olmaydi. Amnesty International tashkiloti Shimoliy Koreya va Vʻetnam haqida ham maʻʻlumot bera olmadi, ular ham kam eʻʻlon qilingan qatllarni amalga oshirmoqda.

Eng koʻp qatl etilgan davlatlar beshligiga Saudiya Arabistoni (172), Somali (38) va AQSh (24) ham kirdi. Saudiya Arabistoni boshini kesish bilan mashhur. 2022 yilda qirollik bir kunda 81 kishini qatl qilgan.

Somalida qatl etilganlar soni oʻsdi: 2022 yildagi 6 tadan 38 taga. Qoʻshma Shtatlarda oʻtgan 2022 yilga nisbatan qatl etilganlar soni 18 tadan 24 taga koʻpaydi.

Afrika mamlakatlarida oʻlimga hukm qilinganlar va qatl etilganlar soni keskin oshdi. Mintaqada qayd etilgan qatllar soni 2022 yildagi 11 tadan 2023 yilda 38 taga, oʻlim jazolari soni esa keskin 66 foizga, 2022 yildagi 298 tadan 2023 yilda 494 taga oshgan.

Bundan tashqari, mintaqadagi hech bir davlat 2023 yilda oʻlim jazosini bekor qilmagan. Shu bilan birga, Keniya, Liberiya va Zimbabveda uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihalari kutilmoqda. Ganada parlament oʻlim jazosini amaldagi qonunchilikdan olib tashlaydigan qonun loyihalarini yoqlab ovoz berdi. 2023 yilda Janubiy Sudan, Belarus, Yaponiya va Mʻyanma hukmlarni ijro etmagan.

Jami 112 mamlakat barcha jinoyatlar uchun oʻlim jazosini bekor qilgan, yana toʻqqiztasi umumiy jinoyatlar uchun uni bekor qilgan va yana 23 tasi oʻn yil davomida hech kimni qatl qilmagani uchun de-fakto abolisionistlar hisoblanadi.

Mavzuga aloqador