Toshkent xalqaro investitsiya forumida Qozogʻiston, Ozarbayjon va Oʻzbekiston energetika vazirliklari rahbarlari respublikalar energetika tizimlarini integratsiyalashuvi boʻyicha hamkorlik memorandumini imzoladi. Hujjat Kaspiy dengizi tubi boʻylab va boshqa davlatlar hududi orqali yotqiziladigan yuqori volʻtli kabelʻ yordamida energiya tizimlarini ulash imkoniyatlarini oʻrganishni nazarda tutadi.

Toshkent xalqaro investitsiya forumida Qozogʻiston, Ozarbayjon va Oʻzbekiston energetika vazirliklari rahbarlari respublikalar energetika tizimlarini integratsiyalashuvi boʻyicha hamkorlik memorandumini imzoladi.

Qozogʻiston energetika vazirligi memorandumning maqsadi uch mamlakat energetika tizimlarini ulash loyihasini amalga oshirish uchun asosiy shartlarni belgilash ekanligini tushuntirdi.

“Imzolangan memorandumdan maqsad Ozarbayjon, Qozogʻiston va Oʻzbekiston energetika tizimlarini oʻzaro bogʻlash loyihasini amalga oshirish doirasidagi hamkorlikning asosiy shartlarini belgilashdan iborat”, — deya tushuntirdi vazirlik.

Hujjat Kaspiy dengizi tubi boʻylab va boshqa davlatlar hududi orqali yotqiziladigan yuqori volʻtli kabelʻ orqali energiya tizimlarini ulash imkoniyatlarini oʻrganishni nazarda tutadi.

Vazirlikning qoʻshimcha qilishicha, loyihani amalga oshirishning asosiy yondashuvlari allaqachon kelishilgan.

2023 yil noyabrʻ oyida Qozogʻiston, Ozarbayjon va Oʻzbekiston Evropaga yashil energiya eksport qilish boʻyicha qoʻshma korxona yaratishga kelishib olgan edi.

Mavzuga aloqador