Oʻzbekiston AQSh bilan muhim foydali qazilmalar sohasida memorandum imzoladi
Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasida foydali qazilmalar sohasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat geologiya-qidiruv va yuqori qiymatli mahsulotlar zanjirini yaratish yoʻlida ikki davlat muloqotini davom ettirishda muhim qadam ekani qayd etildi.
Oʻzbekiston va AQSh foydali qazilmalar sohasida hamkorlikni
mustahkamlash maqsadida muhim foydali qazilmalar boʻyicha oʻzaro anglashuv
memorandumini imzoladi. Hujjat 16 sentyabrʻ kuni Toshkentda togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining
birinchi oʻrinbosari Omonullo Nasritdinxoʻjaev hamda AQShning Oʻzbekistondagi elchisi
Jonatan Henik tomonidan imzolandi, deya xabar bermoqda Gazeta.uz vazirlik
axborot xizmatiga tayanib.
Qayd etilishicha, 2023 yilning sentyabrida Nʻyu-Yorkda boʻlib
oʻtgan oliy darajadagi sammitda AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari
foydali qazilmalar boʻyicha muloqot boshlash niyatida ekanliklarini maʻʻlum qilishgan.
Ushbu memorandum AQSh va Oʻzbekiston tomonidan mazkur saʻʻy-harakatlarni ilgari
surish va iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan ilk qadamlardan biri
hisoblanadi.
«Mazkur hujjat geologiya-qidiruv, foydali qazilmalarni qazib
olish va yuqori qiymatli mahsulotlar zanjirini yaratish yoʻlida AQSh — Oʻzbekiston
muloqotini davom ettirishda muhim qadam boʻlib xizmat qiladi», — deyiladi
vazirlik axborotida.
«Minerallar va nodir er elementlari toza energiya hamda boshqa
texnologiyalar uchun zarur boʻlib, bizning iqtisodiyotimizda tobora muhim rol
oʻynamoqda. Qoʻshma Shtatlar Oʻzbekistonning togʻ-kon sanoatiga xususiy sektor
sarmoyasini jalb qilish boʻyicha faol ish olib bormoqda. Oʻzaro anglashuv memorandumi,
shuningdek, global togʻ-kon sanoati sohasida yuqori ekologik, mehnat va boshqaruv
standartlarini taʻʻminlashga qaratilgan umumiy maqsadimizni oʻzida aks ettiradi»,
— deyiladi AQSh elchixonasi axborotida.
«Qoʻshma Shtatlar va Oʻzbekiston kelajakning energetika
landshaftini shakllantiradigan mustahkam va xavfsiz taʻʻminot zanjirlariga ega
boʻlish uchun birgalikda ishlashi kerak. Ushbu memorandum global mineral taʻʻminot
zanjirlarini diversifikatsiya qilish va ikki tomonlama savdo aloqalarimizni kengaytirish
boʻyicha umumiy majburiyatimizni namoyish etadi», — dedi elchi Jonatan Henik.
Taʻʻkidlanishicha, hujjat Oʻzbekiston delegatsiyasining 24−26
sentyabrʻ kunlari Las-Vegas shahrida (AQSh, Nevada shtati) boʻlib oʻtadigan MINExpo
INTERNATIONAL — togʻ-kon sanoatidagi eng yirik tadbirida ishtirok etishi arafasida
imzolandi.