Ozarbayjonning Asirga olingan, bedarak yoʻqolgan va garovga olingan fuqarolar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan berilgan bayonotga koʻra, Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasida asirga olingan harbiylar almashinuvi boʻlib oʻtganini maʻʻlum qildi.

Bayonotda ikki davlat chegarasidagi Gazax viloyatida 32 nafar arman askarining mamlakat maʻʻmuriyatiga topshirilgani, Armanistonning ham 2 nafar Ozarbayjon askarini topshirgani bildirildi.

Shuningdek, Ozarbayjon tomonida qoʻlga olingan arman askarlari sogʻligʻi Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi tomonidan tekshirilgani, ularning ahvoli qoniqarli ekani tasdiqlanganidan soʻng qoʻyib yuborilgani, topshirish jarayonida hech qanday koʻngilsiz hodisa sodir boʻlmagani qayd etildi.

Ozarbayjon va Armaniston maʻʻmuriyatlari 7 dekabrʻ kuni bergan qoʻshma bayonotida Boku va Erevan oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlar natijasida ikki davlat oʻrtasidagi ishonchni mustahkamlash uchun muhim qadamlar tashlashga kelishib olindi.

Mavzuga aloqador