Ukrainadagi urush, sanktsiyalar, iqtisodiy muammolar, ijtimoiy tanglik va muhojirlarga qarshi kayfiyatning kuchayishi. Rossiyaga xorijiy ishchi kuchini jalb qilish siyosatiga nimalar taʻʻsir qiladi? Mantiqqa toʻgʻri kelmaydigan baʻʻzi qarorlar ortida qanday maqsad bor?

Soʻnggi paytlarda Rossiya kompaniyalari MDHdan tashqari mamlakatlardan ishchilarni qidirish boʻyicha faolligini sezilarli darajada oshirdi. Deyarli barchani hayratda qoldirgan narsa – mehnat zaxiralarining hatto Afrikadan ham jalb qilingani! Bundan tashqari, ushbu jarayon bir necha yil oldin boshlangan va faqat jadal rivojlanmoqda.

RBK soʻroviga koʻra taqdim etilgan NeadHunter yirik rekruting kompaniyasi tahliliga koʻra, Keniya Qora qitʻʻadan mehnat muhojirlarini joʻnatish boʻyicha etakchi mamlakat hisoblanadi. U erda uzoq shimoliy davlatga borishga tayyor nomzodlar uchun boʻsh ish oʻrinlari joriy yilning yanvarʻ-iyunʻ oylarida 2023 yilning shu davriga nisbatan 3842 foizga (39(!) marta) oshgan. Undan keyin Zimbabve (+1400%/15 marta) va Kamerun (+829%/9 marta) turibdi. Boʻsh ish oʻrinlari sonining keskin oʻsishi Zambiya (+700%/8 marta) va Jazoirda (+575%/7 marta) ham qayd etilgan.

Mutaxassislarning fikricha, afrikaliklar asosan qurilish va past malakali ishchi kuchi talab qilinadigan boshqa sohalarga jalb etilmoqda.

"Afrikalik mehnat muhojirlari mehnat bozorida mutlaqo boshqa oʻrinlarni egallashadi: baʻʻzilari aslida juda past malakali kasblarda, masalan, qurilishda, omborlarda, qishloq xoʻjaligida ishlaydi", - deydi Rossiya Oliy iqtisodiyot maktabi Milliy tadqiqot universitetining Afrika tadqiqotlari markazi eksperti Vsevolod Sviridov. Ammo "yirik Rossiya kompaniyalarida yuqori boshqaruv lavozimlarida" ishlayotganlar ham bor. Bundan tashqari, 2024 yilda Rossiya kompaniyalari birinchi marta Nepal, Barbados, Malavi, Sʻerra-Leone, Gabon va Markaziy Afrika Respublikasida ham boʻsh ish oʻrinlarini joylashtirdi. Tahlilchilarning taʻʻkidlashicha, birinchi yarim yillikda sanab oʻtilgan mamlakatlarda boʻsh ish oʻrinlarining umumiy soni qariyb 300 taga etgan.

Rossiyaga migratsiya geografiyasi Afrika davlatlarini ham qamrab olishi mumkinligini avvalroq Rossiya Fanlar akademiyasi Demografik tadqiqotlar instituti direktori Marina Xramova bashorat qilgan edi. Shuningdek, u kelajakda Tailand yoki Filippin kabi Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlaridan migrantlar Rossiya mehnat bozoriga jalb etilishi mumkinligini tan oldi.

Shri-Lankadan kelgan muhojirlar haqida allaqachon maʻʻlum. Moskva Hind okeanidagi olis orol aholisini toʻqimachilik va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga, shuningdek, mamlakat janubidagi qishloq xoʻjaligi sanoatiga jalb qilmoqchi. Uyushgan tarzda ishga qabul qilish  taklifi xizmatlar toʻplami - rus tilini oʻrgatish, tibbiy yordam, sugʻurta, lingvistik va huquqiy qoʻllab-quvvatlovni oʻz ichiga oladi.

Shu bilan birga, Ukrainadagi urush, ksenofobik kayfiyatning kuchayishi va Krokusdagi teraktdan keyin xavfsizlik kuchlarining alohida eʻʻtibori tufayli yuzaga kelgan barcha muammolarga qaramay, Markaziy Osiyo davlatlaridan oqim toʻxtayotgani yoʻq. Masalan, Tojikiston Islom Uygʻonish partiyasi rahbari Muhiddin Kabiriyning aytishicha, hatto tojiklar uchun “oʻz vatanlaridan” koʻra “sanktsiyalar ostidagi Rossiya, urushdagi Rossiya” afzalroq.

U Rossiyaning Dushanbedagi bosh konsulligi maʻʻlumotlariga ishora qilar ekan, Ukrainadagi qarama-qarshilik boshlanishidan oldin har kuni 400 dan ortiq tojikistonlik Rossiya fuqaroligini olgani, hozir esa bu koʻrsatkich 600 ga etganini taʻʻkidladi. Siyosatchining soʻzlariga koʻra, “mehnatga layoqatli mamlakat aholisining yarmini migrantlar tashkil etadi”. Rossiyadan tashqari dunyoning hech bir davlatida mehnat bozori bunchalik koʻp talabgorni qabul qila olmaydi.

Rossiyani muhojirlardan «oqlash»!

Shu fonda kuzatuvchilar Rossiya xavfsizlik kuchlarining migrantlarga qarshi keskin tarafkashligini gʻalati holat sifatida qayd etishmoqda. Gap, birinchi navbatda, Markaziy Osiyo davlatlaridan tashrif buyuruvchilarga qaratilgan alohida eʻʻtibor haqida ketmoqda.

Xususan, Moskva yaqinidagi politsiya xodimlariga mintaqani migrantlardan «tozalash» vazifasi yuklatildi. Dolgoprudniy shahar hokimi ishtirokida oʻtkazilgan hayʻʻat yigʻilishida Ichki ishlar vazirligining viloyat boʻyicha xodimi aynan shunday dedi. Podpolkovnikning (ism-sharifi aytilmagan) nutqi aks etgan video uning, yumshoq qilib aytganda, gʻalati lugʻatdan foydalangani tufayli ijtimoiy tarmoqlarda hissiyotlar boʻroniga sabab boʻldi.

“Bizning bevosita boshligʻimiz Viktor Kuzmich Paukov bu hudud prezident, ichki ishlar vazirining alohida nazoratida ekanini taʻʻkidladi. Asosiy vazifa, u [Ichki ishlar vazirligining viloyat boʻyicha Bosh boshqarmasi boshligʻi] aytganidek, Moskva viloyatining chet elliklar hisobiga «qoraymasligi»(!) uchun «oqlash»(!)dir”, - dedi politsiyachi. Qizigʻi shundaki, yigʻilganlarning hech biri bu soʻzlarga eʻʻtiroz bildirmadi.

«Oqartirish» chaqirigʻi Rossiyaning boshqa chekkasida allaqachon tilga olingan. Vladivostokda "kelgindilarning oʻrinlarini bir oz koʻrsatib qoʻyish" uchun Ukrainadagi urushning sobiq qatnashchilaridan iborat 300 kishilik otryad tuzilgan. Gubernator Oleg Kojemyako kelgusida Primorʻening boshqa shaharlarida ham politsiya yordamchilari patrullarini tashkil etish rejalashtirilayotganini yashirib oʻtirmadi. «Yoʻlbarslar» deb atalgan va maxsus kuchlar kabi ogʻir oʻq-dorilar bilan taʻʻminlashga vaʻʻda qilingan «drujinniklar» 70 ming rublʻ miqdorida maosh olishadi.

«Russkie obshchiny» bir necha yillardan beri ushbu formatda yarim rasmiy ravishda ishlab kelmoqda. Matbuot ularning saʻʻy-harakatlari va noqonuniy deb eʻʻlon qilingan musulmon ibodatxonalarini yopishda xavfsizlik kuchlariga yordami haqida koʻp yozgan.

Musulmonlarning ibodatxonalari masalasi RF Tergov qoʻmitasi rahbari Aleksandr Bastrikinni Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻizistondan kelayotgan migratsiya kontekstida shaxsan jiddiy tashvishga solmoqda. Yaqinda u ochiqchasiga musulmonlarning "ibodat uylari" ochilishini Rossiyada "hududni jismoniy egallab olish", "nafaqat mafkura, balki aniq obʻʻektlar" deb atadi. Shu bilan birga, u oʻzga «madaniyat» deb hisoblangan narsaga qarshi kurashishga boshqa boʻlimlarning toʻsqinlik qilayotganidan shikoyat qildi. “Ular bekor qiladi va men ishlarni qayta boshlashni buyuraman. Baʻʻzan 3-4 martagacha davom etadi... Qanchalik shiddatli ekanini bilasiz, - dedi u «prokurorlar» bilan "kurash taktikasi" haqida.

Nabiullina bong uradi

RF Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullinaning joriy yil iyulʻ oyi oxirida regulyator direktorlar kengashi yigʻilishidan soʻng oʻtkazgan matbuot anjumanida Rossiya migratsiya siyosatining gʻalati va noaniqligiga oydinlik kiritdi. Mamlakat iqtisodiyotidagi ogʻir vaziyat haqida gapirar ekan, mehnat zaxiralari va ishlab chiqarish quvvatlari “deyarli tamom boʻlgani”ni yana bir bor taʻʻkidladi.

Uning soʻzlariga koʻra, iqtisodiyot hozir "haddan tashqari qizib ketish" holatida, uning koʻlami kamida soʻnggi 16 yil ichida rekord darajaga etgan.

Nabiullina oʻtgan yili Davlat Dumasida soʻzlagan nutqida ham Rossiya iqtisodiyoti uchun asosiy muammo kadrlar etishmasligi ekanligini taʻʻkidlagandi. Mamlakat mehnat resurslari deyarli toʻliq ishga tushirildi, degandi u. Rossiya korxonalarining qariyb 70 foizi, Markaziy bank soʻrovlariga koʻra, kadrlar etishmasligini qayd etgandi.

“Asosiy muammo pul etishmasligida emas, balki ishchi kuchi etishmasligida. Aytgancha, biz buni korxonalarning soʻrovlarida koʻramiz. Bu haqda aytish mumkin boʻlgan asosiy shaxs - korxonalarning oʻzlari. Korxonalar esa, birinchi navbatda, kredit etishmasligi haqida emas, talabning etishmasligi haqida emas, balki ishchi kuchi etishmasligi haqida gapirishadi", - degan Nabiullina 13 mingta kompaniya oʻrganilganiga aniqlik kiritgandi.

Boshqa tomondan, Kremlʻ spikeri Dmitriy Peskov ham Nabiullinaning fikrlarini takrorlaydi. Uning soʻzlariga koʻra, Rossiyada tugʻilish darajasi 1,4 yoki mamlakat kelajagi uchun «halokatli» darajada. Bu 17 yildagi eng past koʻrsatkich boʻlib, yosh ayollar sonining kamaygani va mehnat bozoridagi noaniqlik bilan izohlangan.

Bu erda mantiq bormi?

Kimdir Markaziy Osiyodan kelgan kadrlarni Afrika va Osiyodan kelganlar hisobiga «suyultirish»ni oʻylayotgan boʻlsa ham, qoʻshimcha ishchilarga boʻlgan ehtiyoj hal qiluvchi omil boʻlib qolaveradi. Shubhasiz, RF migratsiya siyosatiga taʻʻsir qiluvchi asosiy omil, bu – odamlarga boʻlgan kuchli ehtiyoj.

Bu holat Ukrainadagi urush va Gʻarb sanktsiyalari sharoitida yanada kuchaymoqda. Zero mahalliy mutaxassislar nafaqat urush jabhalariga joʻnatilmoqda, balki ular safarbarlik eʻʻlon qilinganidan soʻng ommaviy ravishda mamlakatni tark etishni ham boshladi.

Ammo migrantlar mehnat frontidan tashqari haqiqiy frontga ham jalb qilinmoqda. Nafaqat Markaziy Osiyo fuqarolari, balki uzoq xorijiy mamlakatlardan kelganlar ham. Xususan Hindiston va Shri-Lanka rasmiylari Moskvadagi oliy darajadagi uchrashuvlar chogʻida Ukrainadagi urushdan oʻz fuqarolarini qaytarish masalasini koʻtarib chiqishgan.

Boshqa tomondan, amaldorlar jamiyatdagi jiddiy aksilmuhojir kayfiyati, Ukraina va uning atrofidagi vaziyat hamda Gʻarb bilan qarama-qarshilik tufayli kuchayib borayotgan oʻta oʻng guruhlar bosimini eʻʻtiborsiz qoldira olmaydi. Qoʻshni davlat bilan urush boshlanganidan keyin koʻp yillar davomida militaristik va ochiq shovinistik tuygʻular sublimatsiyasi (himoyalash – tarj.) davom etdi, vaziyat keskin yomonlashdi. Ammo omma Gʻarb va "ukrain natsistlari" bilan bir qatorda, oʻziga yaqinroq, tushunarliroq va uzoq vaqtdan beri salbiy qarashlari shakllanganlarga - Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlarga, kavkazliklarga, musulmonlarga gʻazablarini sochmoqda.

Migratsiya sohasidagi bu holat argʻimchoq bilan qiyoslanadi. Koʻp jihatdan, u oʻz-oʻzidan rivojlanadi va butunlay qarama-qarshi xarakterdagi qarorlar bilan tavsiflanadi. Aftidan, hozirgi sharoitda Rossiyada qaror qabul qiladiganlar buni yagona ehtimoliy strategiya deb bilishadi. Bundan tashqari, hech yoʻqsa qisqa va oʻrta istiqbolda uning samaradorligini inkor ham etib boʻlmaydi.

Manba: Yeni Şafak

Mavzuga aloqador