Isroil aviatsiyasi Livanda Hizbulloh nuqtalariga uyushtirgan vakuumli bomba hujumlari natijasida harakatning besh aʻʻzosi halok boʻldi. Bunga javoban Isroil hududiga uchuvchisiz uchoq va raketa hujumlarida esa 17 isroillik jarohatlandi.

Isroilning Livanning Mayfadun qishlogʻidagi 3 qavatli binoga uyushtirgan havo hujumida 5 Hizbulloh aʻʻzosi halok boʻldi. Halok boʻlganlarning uch nafari partiya ichida «masʻʻuliyat»ga ega ekani xabar qilindi.

X ijtimoiy tarmogʻida chop etilgan xabarda Isroil armiyasi voizi Avichai Adraei Shin Bet va harbiy razvedka jangovar samolyotlar yordamida janubiy jabhada Hizbulloh kuchlari foydalanilgan harbiy binoga hujum qilganini tasdiqladi.

Isroil armiyasi portlash zonasidagi har bir kishi uchun halokatli boʻlgan, rasmiy ravishda termobarik qurol deb ataladigan "yuqori vayronkor vakuumli bombalardan" foydalangan.

Boshqa bir xabarda Adraei Isroil harbiy samolyotlari Xiam shahridagi "Hizbulloh harbiy binosiga" ham havo hujumi uyushtirganini aytdi.

Bunga javoban Hizbulloh ishgʻol ostidagi Falastin hududida Gʻarbiy va Yuqori Jalila, Akre va Hayfada qator operatsiyalarni boshlab, mojaro boshlangandan buyon ilk bor portlashlar eshitilishiga sababchi boʻldi.

Isroil matbuoti qurolli uchuvchisiz uchoqlar Nahariyadagi avtomobilʻ va harbiy bazaga zarba berib, qurbonlar keltirganini xabar qildi. Isroil armiyasi radiosining xabar berishicha, Nahariya va Asre atrofidagi hududda Hizbulloh uchuvchisiz samolyoti hujumi oqibatida 17 kishi yaralangan.

Mavzuga aloqador