Isroil armiyasi oʻz qoʻshinlarini Gʻazo sektori janubidagi Xon Yunusdan olib chiqib ketganini eʻʻlon qildi. Gʻazo sektorida faqat “Nahal” brigadasi qolishda davom etadi.

7 aprelʻ kuni Isroil armiyasi oʻz qoʻshinlarini Gʻazo sektori janubidagi Xon Yunusdan olib chiqib ketganini eʻʻlon qildi.

Bayonotda Xon Yunusga hujum uyushtirgan 98-komando diviziyasining hududdagi vazifasini bajarganligi bildirildi. Gʻazo sektorida faqat Nahal brigadasi qolishda davom etadi.

Isroil matbuotiga koʻra, Nahal brigadasi Gʻazodan tinch aholining mintaqa shimoliga qaytishiga yoʻl qoʻymaslik uchun mintaqada qoladi.

Isroil armiyasi Xon Yunusdan olib chiqib ketilgandan soʻng, shaharda katta vayronagarchiliklar haqida maʻʻlum boʻldi.

Qoʻshinlar olib chiqilgach, koʻchirilgan falastinliklar shaharning oʻz uylari joylashgan hududlariga qaytishni boshladilar, biroq ular yashaydigan joylarni topishda qiynalmoqda.

Bir necha hafta davom etgan Isroil bombardimonlari binolarni vayronalar va kul uyumlariga aylantirgan, yoʻllar esa ostin-ustun boʻlib ketgan.

Mavzuga aloqador