Hindistonning IndiGo  aviakompaniyasi ayol yoʻlovchilar parvoz vaqtida oʻzlarini qulay his qilishlari uchun dunyoda birinchi boʻlib oʻrindiqlarni erkak yoʻlovchilardan alohida tanlash imkoniyatini taqdim etdi. Endilikda, onlayn roʻyxatdan oʻtish vaqtida sayohatchilar yonida oʻtirgan yoʻlovchilarning jinsini koʻrishlari va agar xohlasalar, boshqa ayollar yonidagi oʻrindiqlarni tanlashlari mumkin boʻladi.

Hindistonning IndiGo  aviakompaniyasi dunyoda birinchi boʻlib ayol yoʻlovchilarga oʻrindiqlarni erkak yoʻlovchilardan alohida tanlashga ruxsat berdi. Bu haqda The Independent yozmoqda.

Joriy yilning avgust oyidan boshlab aviatashuvchining yangi qoidalari kuchga kiradi, uning maqsadi ayollarga parvozlar vaqtida oʻzlarini qulay his qilishlariga yordam berishdan iborat.

Endilikda onlayn roʻyxatdan oʻtish vaqtida sayohatchilar yonida oʻtirgan yoʻlovchilarning jinsini koʻrishlari va agar xohlasalar, boshqa ayollar yonidagi oʻrindiqlarni tanlashlari mumkin boʻladi – ular pushti rang bilan belgilanadi.

Biroq bunday maʻʻlumot erkaklar uchun mavjud boʻlmaydi: ular uchun odatdagidek faqat mavjud oʻrindiqlar koʻrsatiladi.

Hindistonning eng yirik arzon aviakompaniyasi har kuni ikki ming ichki va xalqaro reyslarni amalga oshiradi. Nashrning taʻʻkidlashicha, ushbu siyosatni oʻzgartirish gʻoyasi Hindiston aviakompaniyasida ayol yoʻlovchilardan sayohatlarini nima qulayroq qilishini soʻrab oʻtkazilgan soʻrovdan soʻng paydo boʻlgan.

Mavzuga aloqador