Garvard universiteti prezidenti Klodin Gey AQSh Senati vakillar palatasida antisemitizm ayblovlari yuzasidan soʻz erkinligini himoya qilgani uchun isteʻʻfoga chiqishga majbur boʻldi. Universitet professor-oʻqituvchilarining baʻʻzilari Geyni qoʻllab-quvvatlagan petitsiyaga imzo chekishdi.

The New York Times maʻʻlumotlariga koʻra, rektorga isteʻʻfoga chiqishi uchun universitet bitiruvchilari va donorlar, shuningdek, siyosatchilar tomonidan  bosim oʻtkazilgan.

Isteʻʻfodan soʻng Garvard universitetining 500 nafar professor-oʻqituvchilari uni qoʻllab-quvvatlab, “Garvardning akademik erkinligiga zid boʻlgan siyosiy tazyiqlarga eng kuchli qarshilik koʻrsatishga” chaqirgan petitsiyaga imzo chekishdi.

Garvard universiteti prezidenti va stipendiatlari kengashi juma kuni Gey karʻerasi taqdirini hal qilish uchun yigʻiladi.

Avvalroq soʻz erkinligini himoya qilib chiqqan Pensilʻvaniya universiteti prezidenti Liz Magill ham antisemitizmda ayblanib, qattiq tanqidlarga uchragan va isteʻʻfoga chiqishga majbur boʻlgan edi.

Eslatib oʻtamiz, 5 dekabrʻ kuni boʻlib oʻtgan Kongress tinglovida qonunchilar Garvard, Massachusets texnologiya instituti (MIT) va Pensilʻvaniya universiteti prezidentlari Klodin Gey, Salli Kornblyut va Liz Magilldan antisemitizm boʻyicha savollarga javob berishni talab qilgan edi.

Mavzuga aloqador