Bombalanayotgan Gʻazo: 342-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 342 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Xon Yunis, Bureyj, Jabaliya va Nuseyrat
lagerlariga hujum qildi. 24 soat ichida 64 kishi vafot etdi. Urush boshlanganidan
buyon 41 084 kishi shahid boʻldi.
▪️Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Baytlahm, Qalqilya, Tulkarm,
Al-Xalil, Tubas, Nablusga hujum qilmoqda. Bir kishi halok boʻldi, 6 kishi
yaralandi.
▪️Gʻarbiy sohildagi Al-Xalil shahrida ishgʻolchi maxsus kuchlar
«Xalhoul» shahar kasalxonasiga bostirib kirib, yarador falastinlikni oʻgʻirlab
ketishdi.
▪️Al-Jauniy maktabiga fashistlar hujumi qurbonlari soni 18
kishiga etdi. Halok boʻlganlar va yaralanganlar orasida koʻplab bolalar va ayollar
bor.
▪️16 kun ichida fashistlar Gʻarbiy Sohilda 50 nafar
falastinlikni oʻldirdi. Eng koʻp shahidlar Jenin, Tulkarm va Tubasdan.
▪️Ishgʻol
matbuoti: Xalqaro
jinoyat sudi tez orada Netanyaxu va Gallantni hibsga olish uchun order
beradi va buning oldini olishning iloji boʻlmaydi.
▪️Falastin BMTning 79-sessiyasida ilk bor davlatlar qatoridan
joy oldi. Endi davlat oʻz vakillarini soʻzga chiqqanlar roʻyxatiga kiritishi va unga
oʻzgartirishlar kiritishni taklif qilishi mumkin.
▪️BMT bosh
kotibi Antoniu Guterrish: Netanyaxu qoʻngʻiroqlarimga javob bermayapti.