Ekvadorda nimalar boʻlmoqda?
Ekvadorda "Los Choneros" narkoterroristik guruh rahbari, Fito laqabli Adolʻfo Masiyas Guayakilʻ shahridagi qamoqxonadan qochganidan soʻng mamlakatda qurolli tartibsizliklar boshlanib ketdi - toʻda aʻʻzolari avtomobilʻ va avtobuslarga oʻt qoʻydi, Guayakilda portlashlar sodir boʻldi. Koʻplab xavfsizlik kuchlari xodimlari oʻgʻirlab ketildi. – Ekvadorda nimalar boʻlmoqda?
Ekvador
prezidenti Danielʻ Noboa yirik jinoiy toʻdalar aʻʻzolari tomonidan tartibsizliklar
uyushtirilgani ortidan 9 yanvarʻ kuni mamlakatda 60 kunlik favqulodda holat eʻʻlon
qildi. U sodir boʻlgan hodisani “ichki qurolli mojaro” deb atadi va 22 ta jinoiy
toʻda terroristik tashkilot deb eʻʻlon qilingan hujjatni imzoladi, poytaxt Kito va
Gayakilʻ shahriga harbiylar hamda zirhli texnikalar kiritildi.
Shuningdek,
davlat rahbari 22 jinoiy guruhni yoʻq qilishni buyurdi. Ekvador qurolli kuchlari
jinoiy guruhlarni qonuniy harbiy nishonlar deb atadi, parlament esa xavfsizlik
kuchlariga tartibsizliklarni bostirish chogʻida vakolat suiisteʻʻmoli holatlari uchun
amnistiya vaʻʻda qildi.
Ekvador
mafiyasi prezident tomonidan eʻʻlon qilingan favqulodda holatga javoban butun
mamlakat boʻylab tartibsizliklar va toʻqnashuvlar uyushtirdi. Jumladan, narkokartel aʻʻzolari
Guayakilʻ shahridagi TC Television telekanali jonli efiriga bostirib kirib, bir
qancha jurnalist va politsiyachilarni garovga oldi. Shuningdek, avtomobillarga oʻt
qoʻyildi, bir qator shifoxonalarga bosqinchilik uyushtirildi, portlashlar ham boʻldi.
Hodisalarda eng kamida 13 kishi, jumladan, ikki politsiyachi halok boʻldi.
Hammasi nimadan boshlandi?
“Los
Choneros” guruhi rahbari Adolʻfo Masias 2011 yilda giyohvand moddalar savdosi va
qotillikda ayblanib 34 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edi. U 12 ming
mahbus saqlanadigan Guayakildagi “Mintaqaviy qamoqxona (La Regional)ga
joylashtiriladi.
Oʻtgan
yilning avgustida Fito boshqa – kamroq mahbus boʻlgan va ishonchliroq hisoblangan La
Roca qamoqxonasiga oʻtkaziladi. Biroq uning advokatlari apellyatsiyaga berib, yutib
chiqadi va mafioz La Regional qamoqxonasiga qaytariladi.
Fito 2013
yilda ham 17 nafar mahbus bilan birgalikda ushbu qamoqxonadan qochgan. Oradan
toʻrt oy oʻtib Fito “Los Choneros” aʻʻzosi hisoblangan akasi bilan Manta shahridagi
onasining uyida qoʻlga olinadi.
Oʻshandan
buyon Fito qamoqxonani tark etgani yoʻq. Shu bilan birga, u qamoqxonadaligida,
2020 yilda guruhning avvalgi etakchisi Xorxe Luis Sambrano oʻlimidan keyin
rahbarlikni qoʻlga oladi.
7 yanvarʻ
kuni mamlakat Bosh prokuraturasi Adolʻfo Masias qamoqxonadan qochib ketganidan soʻng
Ekvadorning 6 ta jazoni ijro etish muassasasida tartibsizliklar boshlangani
haqida xabar berdi.
Fito qaerda?
Ekvador
politsiyasining maʻʻlum qilishicha, Fitoning oʻz kamerasida yoʻqligi yakshanba kuni
aniqlangan. Xodimlar uni qamoqxonaning qattiq himoyalangan qanoti boʻylab qidirishgan,
biroq topa olishmagan.
Fito
qochib ketganmi yoki katta qamoqxona majmuasi ichida yashiringanmi, hozircha aniq
emas. Politsiya, shuningdek, Fito kameradan aniq qachon gʻoyib boʻlganini ham
bilmaydi.
Politsiya
boshligʻining soʻzlariga koʻra, yuzlab politsiyachilar Fitoni qidirgan va qidirmoqda.
“Los Choneros” va “Los Lobos” guruhlari haqida
Qamoxonalardagi
tartibsizliklar vaqtida mamlakatdagi ikkinchi yirik jinoiy toʻda – “Los Lobos”
rahbari, «Salʻvaxe» laqabli Fabrisio Kolon Piko ham 39 nafar mahbus bilan
Riobamba shahridagi hibsxonadan qochib ketdi. Fabrisio Kolon Piko oʻtgan hafta
juma kuni mamlakat prokurorini oʻldirishda tayyorgarlik koʻrishda ayblanib qamalgan
edi.
“Los
Choneros” va “Los Lobos” guruhlari mamlakatdagi eng yirik jinoiy toʻdalar boʻlib,
birinchi guruh aʻʻzolari soni 12 dan 20 ming nafargachani tashkil etadi, ikkinchisida
esa 8 ming jangari bor. Har ikki guruh ham odam oʻgʻirlash, tovlamachilik, buyurtma
qotillik bilan shugʻullanadi, Meksikaning yirik jinoiy toʻdalari bilan hamkorlik
qiladi.
"Los-Lobos",
shuningdek, 2023 yil avgustida prezidentlikka nomzod Fernando Vilʻyavisensio
oʻlimi uchun javobgarlikni zimmasiga olgan edi.
2023
yilning may oyi maʻʻlumotlariga koʻra, Adolʻfo Masias front shaxslar va front
kompaniyalari hisoblarida 23 million dollardan ortiq mablagʻga ega.
Banditimz toʻlqini
Ekvador
uzoq vaqt davomida tinch va sokin mamlakatlardan biri boʻlib kelgan. Biroq soʻnggi
yillarda ushbu mamlakatda ham qoʻshni Kolumbiya va Peru singari giyohvandlik
moddalarini ishlab chiqish avj oldi.
2018 yildan 2022 yilgacha Ekvadorda qotilliklar soni 4
baravarga oshdi. 2022
yilda 17 mln aholiga ega
mamlakatda 7800 kishi halok boʻlgan. Oʻsha yili politsiya rekord darajadagi 220 tonna
giyohvand moddalarni musodara qildi.
Qamoqxonalardagi qonli toʻqnashuvlar alohida muammoga aylandi:
2021 yil fevralidan buyon 460 dan ortiq mahbus oʻldirilgan.
Financial Times nashrining qayd etishicha, mafiya Ekvadorda 2007-2017 yillarda
hukmronlik qilgan soʻl prezident Rafael Korrea davrida rivojlana boshlagan. Uning
davrida hukumat Tinch okeanidagi Ekvador portlari orqali giyohvand moddalar
savdosiga koʻz yumib, asosan mamlakatda zoʻravonlik jinoyatlari kamroq boʻlishini
taʻʻminlash haqida qaygʻurgan.
Ammo giyohvand moddalar savdosini banditizm kuzatib bordi va
Korreadan keyingi
prezidentlar ushbu muammoni hal qilishning uddasidan chiqa olmay qoldi.
Oʻtgan yilning oktyabrʻ oyida prezidentlik saylovida gʻalaba qozongan 36 yoshli Danielʻ Noboa mamlakatni qamrab olgan jinoyatchiliklarga barham berishni vaʻʻda qilmoqda. Aynan uning rejalari jinoiy toʻdalarning mamlakatda kimning soʻzi ustun ekani borasidagi “bahs”ga kirishishiga sababchi boʻldi.