Jo Bayden Saudiya Arabistoni AQShning xavfsizlik kafolati evaziga Isroil bilan munosabatlarni yaxshilashga tayyorligini maʻʻlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar Saudiya Arabistonini unga boshqa "arab davlatlari" hujum qilgan taqdirda, qurol-yarogʻ bilan taʻʻminlaydi. Bundan tashqari, Baydenning soʻzlariga koʻra, Saudiya Arabistonida AQSh armiyasi nazorati ostida fuqarolik yadroviy inshooti quriladi.

Saudiya Arabistoni AQShning xavfsizlik kafolati evaziga Isroil bilan munosabatlarni yaxshilashga tayyor. Bu haqda AQSh prezidenti Jo Bayden “Spidi bilan 360” dasturiga bergan intervʻyusida aytib oʻtdi.

"Saudiyaliklar menga qoʻngʻiroq qilishdi - ular Isroilni toʻliq tan olmoqchi", - dedi Amerika prezidenti.

Maʻʻlumki, Ar-Riyod ochiqchasiga falastinliklar uchun davlat tuzish toʻgʻrisidagi kelishuv orqali munosabatlarni yaxshilash mumkinligini taʻʻkidlamoqda. Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxu esa bu shartni qatʻʻiyan rad etadi.

Bayden ehtimoliy kelishuvning ayrim tafsilotlarini oshkor qildi. Uning soʻzlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar Saudiya Arabistonini boshqa "arab davlatlari - ulardan biri burchakda" hujum qilgan taqdirda, qurol-yarogʻ bilan taʻʻminlaydi. Aftidan, Bayden notoʻgʻri gapirdi va Ar-Riyodning Yaqin Sharqdagi raqibi, arab davlati boʻlmagan Eronni nazarda tutgan boʻlishi mumkin, deyiladi TRT xabarida.

Bundan tashqari, Baydenning soʻzlariga koʻra, Saudiya Arabistonida AQSh armiyasi nazorati ostida “qazib olinadigan yoqilgʻidan uzoqlashishi uchun” fuqarolik yadroviy inshooti quriladi.

“Bu butun mintaqa uchun katta burilish nuqtasi”, - dedi AQSh prezidenti.

Bayden xavfsizlik kafolatlari va yadro dasturiga eʻʻtibor qaratar ekan, Falastin bilan bogʻliq vaziyatni tilga olmadi. Shu bilan birga, mazkur bayonot AQSh rasmiysi tomonidan potentsial kelishuv haqida taqdim etilgan eng batafsil maʻʻlumot boʻlib turibdi.

Mavzuga aloqador