Ukraina Qurolli Kuchlarining Kursk viloyatidagi operatsiyasi pirovardida Ukrainaning magʻlubiyatini tezlashtirishi va Rossiya foydasiga tinchlik muzokaralariga olib kelishi mumkin, deb yozadi Germaniyaning Die Welt gazetasi. 

Nashr nima uchun oʻrta muddatda Rossiya chegarasidagi hududga hujum Ukraina kuchlari uchun katta miqyosdagi yoʻqotishlar va xarajatlarga olib kelishi mumkinligining toʻrtta sababini keltirib oʻtdi.

Maqola muallifi Kristof Shtiltsning fikricha, Gʻarb Ukraina Qurolli kuchlariga Rossiya hududiga zarba berish, xususan, Kursk viloyatini egallash uchun Gʻarb qurollaridan foydalanishga ruxsat berishdan bosh tortadi. Kievning Gʻarbdagi ittifoqchilarining zarur qurol-yarogʻlarni etkazib berishga tayyorligi keng koʻlamli eskalatsiya va Gʻarbni Rossiya bilan urushga jalb qilishdan qoʻrqish tufayli pasayadi.

Bunday signallar allaqachon Moskvadan kelishni boshladi. 20 avgust kuni Rossiya tashqi razvedka xizmati AQSh, Britaniya va Polʻsha razvedka xizmatlari Ukrainaning Kursk viloyatidagi operatsiyasini tayyorlashda ishtirok etganini maʻʻlum qildi. 

Bundan tashqari, Welt nashrining yozishicha, Ukraina Qurolli kuchlari bosib olingan hududlarni ushlab tura olishi dargumon – ularning maydoni allaqachon 1200 kv. km. dan oshib ketgan. Kursk viloyatida mudofaa liniyalarini qurish uchun Kievda oddiygina zarur muhandislik jihozlari yoʻq. 

Ukraina harbiylari doimiy ravishda Rossiya artilleriyasi, dronlari va rejalashtiriluvchi bombalar hujumi ostida qolmoqda. Rossiya chegara hududiga tobora koʻproq kuch oʻtkazmoqda, shuning uchun Kursk viloyatida Ukraina guruhining magʻlubiyati faqat vaqt masalasidir, deb hisoblaydi Shtilts.

Mavzuga aloqador