Prezident Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Qirgʻiz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov 18-19 iyulʻ kunlari davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonda boʻladi. Tashrif doirasida bir qator qoʻshma loyihalarni ishga tushirish va ikki tomonlama hujjatlar toʻplamini imzolash koʻzda tutilgan.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Qirgʻiz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov 18-19 iyulʻ kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtadi, ularda Oʻzbekiston bilan Qirgʻiziston oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.

Oʻzaro savdo hajmini oshirish, biznes va hududlar darajasida kooperatsiya aloqalarini kuchaytirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qoʻshma loyihalarni ilgari surish, transport-tranzit sohasidagi imkoniyatlardan foydalanish, madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirishga alohida eʻʻtibor qaratiladi.

Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashadilar, koʻp tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qiladilar.

Bir qator qoʻshma loyihalarni ishga tushirish va ikki tomonlama hujjatlar toʻplamini imzolash koʻzda tutilgan.

Taʻʻkidlash joizki, ayni kunlarda Oʻzbekistonda biznes forumi, rektorlar forumi, Qirgʻiziston madaniyati kunlari va boshqa qoʻshma tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Mavzuga aloqador