Rossiya bosh vaziri Oʻzbekistonga keldi

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Oʻzbekistonga keldi. Toshkentda Oʻzbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi qoʻshma komissiyaning beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi. Mishustin Toshkent Texnoparkida boʻlib, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari bilan tanishdi.

Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin 9 sentyabrʻ kuni Oʻzbekistonga keldi. Uni «Toshkent» xalqaro aeroportida Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Oʻzbekiston hukumati rahbari matbuot xizmatining xabar qilishicha, 9 sentyabrʻ kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi qoʻshma komissiyaning beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi.

Ikki davlat hukumat rahbarlari raisligida oʻtgan yigʻilishda oʻzaro strategik sheriklik hamda hamkorlik munosabatlarining bugungi holati, istiqbollari muhokama etildi.

Majlisda mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlar mutlaqo yangi bosqichga koʻtarilib borayotgani taʻʻkidlandi.

“Uchrashuv yakunlari boʻyicha qoʻshma kommyunike qabul qilindi hamda bir qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanadi”, deyiladi xabarda.

Shu kunining oʻzida Rossiya hukumati delegatsiyasi Toshkent shahridagi «Gʻalaba bogʻi» yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi va Texnoparkda boʻlib, ishlab chiqarilayotgan keng turdagi yuqori texnologik mahsulotlar bilan tanishdi.

Mavzuga aloqador