Falastinning HAMAS harakati Tehronda Ismoil Haniya oʻldirilganidan keyin yangi rahbar tanlash jarayonini boshlanganini eʻʻlon qildi. HAMAS harakati Haniyaning oʻldirilishi “HAMAS va Falastin qarshiliklarini yanada kuchliroq hamda oʻz yoʻli va yondashuvini davom ettirishda qatʻʻiyroq qilishini” taʻʻkidladi.

Falastinning HAMAS harakati Tehronda Ismoil Haniya oʻldirilganidan keyin yangi rahbar tanlash jarayonini boshladi. Bu haqda shanba kuni tashkilot rasmiy bayonotida maʻʻlum qildi.

“Rahbarimiz [Ismoil Haniya] shahid boʻlgach, harakat rahbariyati oʻzining boshqaruv va maslahat muassasalarida harakatning yangi etakchisini tanlash boʻyicha keng koʻlamli maslahatlashuv jarayonini boshladi”, — deyiladi bayonotda.

HAMAS harakati Haniyaning oʻldirilishi “HAMAS va Falastin qarshiliklarini yanada kuchliroq hamda oʻz yoʻli va yondashuvini davom ettirishda qatʻʻiyroq qilishini” taʻʻkidladi.

Falastin harakati yangi rahbarni tanlash boʻyicha maslahatlashuvlar natijalarini maslahatlashuvlar yakunlanganidan keyin eʻʻlon qilishini maʻʻlum qildi.

Avvalroq kimlar HAMAS Siyosiy brosiga rahbarlik qilishi mumkinligi haqida tahliliy maqolani eʻʻlon qilgan edik. Unda ekspertlar uch kishining nomzodini tilga olgani keltirilgan. 

Mavzuga aloqador