Isroil Gʻazo boʻyicha muzokaralarda ishtirok etish uchun Mossad rahbari David Barnea boshchiligidagi delegatsiyani Qatarga yubordi. HAMAS ham kelishuv shartlari boʻyicha qayta koʻrib chiqilgan takliflarni qabul qildi.  Shunday qilib, ilk bor Gʻazodagi urushni toʻxtatish va asirlarni almashish boʻyicha real kelishuvga erishish imkoniyati paydo boʻldi.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu payshanba kuni AQSh prezidenti Jo Baydenga toʻxtab qolgan muzokaralarni qayta boshlash uchun delegatsiya yuborishga qaror qilganini bildirdi. Bu haqda Reuters isroillik manbaga tayanib xabar berdi. HAMAS ham juma kuni kelishuv shartlari boʻyicha qayta koʻrib chiqilgan taklifni qabul qildi.

Qayd etilishicha, Isroil allaqachon Gʻazo boʻyicha muzokaralarda ishtirok etish uchun Mossad rahbari David Barnea boshchiligidagi delegatsiyani Qatarga yubordi.

Reuters agentligiga ismini oshkor qilmaslik sharti bilan maʻʻlumot bergan Isroil muzokara guruhidagi manba hozirda kelishuvga erishish uchun real imkoniyat borligini aytdi.

Isroilning izohlari avvalgilaridan keskin farq qiladi, burnga qadar har safar HAMAS tomonidan ilgari surilgan shartlar "qabul qilib boʻlmaydigan" deb atalar edi.

Muzokara jarayoniga yaqin boʻlgan Falastin rasmiysining aytishicha, HAMASning soʻnggi taklifi, agar Isroil buni qabul qilsa, sulhga olib kelishi mumkin.

“Tomonlarga doimiy oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuvga erishish uchun koʻproq vaqt kerak boʻlsa, har ikki tomon ham shunday boʻlgunga qadar jangovar harakatlar qayta boshlanmasligiga rozi boʻlishi kerak”, dedi rasmiy Reuters agentligiga.

Mavzuga aloqador