Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 153 ovoz bilan Gʻazoda zudlik bilan gumanitar sulhga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi.

Misr ilgari surgan va 100 ga yaqin davlat tomonidan taqdim etilgan rezolyutsiya loyihasi BMT Bosh Assambleyasining 193 aʻʻzosi boʻlgan Falastinga bagʻishlangan maxsus favqulodda yigʻilishda ovozga qoʻyildi.

Qaror loyihasi boʻyicha 23 davlat betaraf qolgan boʻlsa, 10 mamlakat qarshi ovoz berdi.

«Yoʻq» deb ovoz bergan davlatlar - Avstriya, Chexiya, Gvatemala, Isroil, Liberiya, Mikroneziya, Nauru, Papua-Yangi Gvineya, Paragvay va AQSh.

Qarorda BMT Nizomi va BMT Bosh Assambleyasi hamda Xavfsizlik Kengashi tomonidan Falastin boʻyicha qabul qilingan barcha rezolyutsiyalarga havola qilingan.

Qarorda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning BMT Nizomining 99-moddasiga asoslanib, Kengashga yuborgan maktubi hamda BMT yordam va ishlar agentligi bosh komissari Filipp Lazzarinining Bosh Assambleyaga yoʻllagan maktubi ham tilga olingan. Falastinlik qochqinlarga yordam koʻrsatish agentligi (UNRWA) Gʻazo sektoridagi dahshatli gumanitar vaziyat va Falastin xalqi chekayotgan jabr-zulmga eʻʻtibor qaratib, barcha fuqarolik jamiyatlarini himoya qilish kerakligini taʻʻkidladi.

Rezolyutsiya zudlik bilan gumanitar sulhga chaqirdi va barcha tomonlarni ayniqsa tinch aholini himoya qilish boʻyicha xalqaro huquq doirasidagi majburiyatlarini bajarishga chaqirdi.

Qarorda barcha asirlarni zudlik bilan va hech qanday shartlarsiz ozod qilish hamda insonparvarlik yordamidan foydalanish talab qilingan.

Gʻazoda gumanitar sulh talab qilingan rezolyutsiya BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 27 oktyabrʻ kuni 121 ovoz bilan qabul qilingan edi. Eʻʻtiborlisi, joriy qarorga «ha» deb ovoz bergan davlatlar soni 153 taga etdi.

BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida AQSh va Avstriyaning rezolyutsiya loyihasiga tuzatishlar kiritish haqidagi soʻrovlari aʻʻzo davlatlar tomonidan rad etildi.

AQSh “terror hujumlari” va HAMAS tomonidan amalga oshirilgan garovga olishni qoralovchi moddaning rezolyutsiya loyihasiga kiritilishini istasa, Avstriya barcha mahbuslarni ozod qilish haqidagi moddaga “Hamas va boshqa guruhlar tomonidan hibsga olingan” iborasini qoʻshmoqchi boʻlgan.

Mavzuga aloqador