Turk Milliy razvedka tashkiloti Isroilning MOSSAD tashqi razvedka xizmati uchun Turkiyada faoliyat olib borayotgan shaxslarga pul etkazib turgan kosovalik Liridon Reksepini hibsga oldi. Reksepi, shuningdek, dron yordamida tasvirga olish, falastinlik siyosatchilarga qarshi psixologik amaliyotlar oʻtkazish bilan ham shugʻullangan.

Turkiya sudi Istanbulda qoʻlga olingan Isroilning MOSSAD tashqi razvedka xizmati uchun pul etkazib berish vazifasini bajarib kelgan kosovalik Liridon Reksepini hibsga olish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.

Xavfsizlik manbalaridan olingan maʻʻlumotlarga koʻra, Isroil razvedkasi nomidan Reksepi dron yordamida tasvirga olish va falastinlik siyosatchilarga qarshi psixologik amaliyotlar ham oʻtkazgan. Uning Turkiyada Suriya boʻyicha maʻʻlumot yigʻayotgan xodimlarga pul oʻtkazgani maʻʻlum boʻldi.

Turkiya razvedka tashkiloti (MİT) Reksepining hisobidagi barcha shubhali operatsiyalarni kuzatib, uning bir necha marta Western Union orqali Turkiyadagi xodimlariga pul oʻtkazmalarini amalga oshirganini aniqladi.

Rexperi Turkiyaga kirgan 25 avgustdan beri kuzatuv ostida boʻlgan hamda MİT va Istanbul politsiyasi muvofiqligida 30 avgust kuni qoʻlga olingan.

Soʻroq paytida Reksepi pul oʻtkazmalarini amalga oshirganini tan oldi va sud tomonidan hibsga olindi.

Mavzuga aloqador