Amnesty International Rossiyaning Qrimni bosib olganiga 10 yil toʻlishi munosabati bilan yarimoroldagi demografik vaziyat boʻyicha hisobotini eʻʻlon qildi. Tashkilotning bildirishicha, Rossiya rasmiylari soʻnggi oʻn yil ichida taʻʻlim, din, ommaviy axborot vositalari va sud tizimi kabi sohalardagi koʻplab cheklovlar orqali ukrain va qrim-tatar identifikatsiyasini yoʻq qilishga uringan.

Amnesty International inson huquqlari tashkiloti dushanba kuni Rossiya 2014 yil 18 mart kuni rasman yarimorolni annektsiya qilganidan beri Qrimdagi ukrain va qrim-tatar identifikatsiyasini yoʻqotishga urinayotganini maʻʻlum qildi. Xalqaro tashkilotga koʻra, xuddi shu siyosat Ukrainaning annektsiya qilingan boshqa hududlariga ham tegishli.

“10 yillik ishgʻol davomida Rossiya Ukrainani Qrim ustidan suverenitetdan mahrum qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soldi”, deyiladi hisobotda. Tashkilot Moskva siyosatini yarim orolning “etnik tarkibini oʻzgartirish”ga qaratilgani bilan tavsifladi.

“Bu siyosat, shubhasiz, Rossiyaning oʻzi bosib olgan Ukrainaning boshqa hududlarida ham harakat qilish rejasini aks ettiradi”, — deyiladi bayonotda.

Tashkilotning bildirishicha, Rossiya rasmiylari soʻnggi oʻn yil ichida taʻʻlim, din, ommaviy axborot vositalari va sud tizimi kabi sohalardagi koʻplab cheklovlar orqali ukrain va qrim-tatar identifikatsiyasini yoʻq qilishga uringan.

“Oʻquv dasturlariga kiritilgan oʻzgartirishlar va ukrain tilidagi taʻʻlimni deyarli butunlay yoʻq qilish yosh avlodning Qrim tarixi bilan bogʻliq boʻlgan rus talqiniga qarshi tura oladigan bilim va tushunchalarga ega boʻlmasligini taʻʻminlashga qaratilgan”, —  deyiladi hisobotda.

"Bu barcha mustaqil ommaviy axborot vositalarini boʻgʻish, diniy ozchiliklar va ularning urf-odatlarini bostirish, madaniy bayramlarni oʻtkazishini taqiqlash bilan mustahkamlanadi", —deya xabar berdi inson huquqlari tashkiloti.

Hisobotda keltirilishicha, 2001 yilda Ukraina tomonidan oʻtkazilgan aholini roʻyxatga olish jarayonida yarimorolda yashovchilar soni 2,4 mln dan ziyodroq boʻlgan. 125 etnik elat ichida ruslar eng katta guruhni 60% tashkil qilgan, undan keyin esa ukrain (24%) va qrim tatarlari (12%) turgan. 2014 yilda Qrim Rossiya tomonidan annektsiya qilinganidan soʻng, Rossiya hukumati oʻsha yilning sentyabrʻ oyida aholini roʻyxatga olish oʻtkazgan va unda aholi sonining umumiy kamaygani, ammo ruslar ulushi 65 foizga koʻpaygani, ukrain va qrim tatarlari soni mos ravishda 15 va 10 foizga kamaygani qayd etilgan.

Maʻʻlumot uchun, Qrim 2014 yil 18 mart kuni Rossiya harbiylari tomonidan rasman ishgʻol qilingan edi. Unga qadar yarimorolda Ukrainaning yangi hukumati tarafdorlari va rossiyaparast faollar oʻrtasida qarama-qarshiliklar kuzatilgan, 2 kishi halok boʻlgan, 30 dan ortiq kishi jarohatlangandi.

Mavzuga aloqador