Tolibon Afgʻonistonda hokimiyatni qoʻlga kiritgan 2021 yildan buyon mamlakatda koʻknori etishtirish 95 foizga qisqardi. BMT maʻʻlumotlariga koʻra, bunga giyohvand moddalar ishlab chiqarishga qarshi kurash, isteʻʻmolchilarini hibsga olish, ekinlarni yoʻq qilish va bozorlarni yopish kabi choralar evaziga erishdi.

2021 yilda Afgʻonistonda hokimiyatni qoʻlga kiritganidan soʻng Tolibon hukumati tomonidan narkotik moddalar ishlab chiqarish va tarqatilishiga qarshi kurash kampaniyasi koʻknori etishtirishning 95 foizga qisqarishiga olib keldi, deya xabar beradi BMT.

Xalqaro Inqiroz Guruhining “Afgʻonistondagi afyun muammosi: Tolibonning narkotiklarga qarshi urushi” nomli hisobotida harakatning giyohvand moddalar ishlab chiqarishga qarshi kurash, foydalanuvchilarni hibsga olish, ekinlarni yoʻq qilish va bozorlarni yopish harakatlari qayd etilgan. Hisobotga koʻra, kampaniya dastlab sekin kechgan boʻlsa-da, koʻp oʻtmay shiddatlashgan.

Hokimiyatga kelgan harakat ishni giyohvand moddalarni isteʻʻmol qiluvchilarni hibsga olish, asrlar davomida koʻknor etishtirib kelgan fermerlarni ogohlantirish kabi oddiy maqsadlardan boshlagan. Yumshoq choralar samarasiz boʻlgach, hukumat dehqonlarga qarshi turish va ularning hosilini yoʻq qilish uchun xavfsizlik kuchlarini yuborgan.

Hisobotda qayd etilishicha, Afgʻoniston hukumatining yangi taqiqi 7 millionga yaqin odamga, ayniqsa, xalqaro sanktsiyalarga uchragan iqtisodiyotda boshqa ish topa olmaydigan kambagʻal ishchilar va qishloq ayollariga taʻʻsir qiladi. Narkofermerlar har yili taxminan 1,3 milliard dollar yoʻqotadi, bu 2023 yilda Afgʻoniston yalpi ichki mahsulotining 8 foizini tashkil qiladi. Iqtisodiy zarba Tolibonning fuqarolarga muqobil daromad manbalarini taqdim etish imkoniyati cheklangani bilan yanada kuchaydi.

Garchi koʻplab fermerlar gʻalla va paxta etishtirishga oʻtgan boʻlsa-da, ular hali ham qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Boshqa tomondan, taqiq joriy qilinganidan keyin yirik savdogarlar va yirik er egalari oʻz zaxiralarini qimmatroq narxlarda sotish orqali boyib ketishdi, deya qoʻshimcha qiladi BMT ekspertlari.

Mamlakat hukumati agrar sohani rivojlantirish borasida irrigatsiya loyihalari, omborxonalar va yoʻllar yaratish uchun mablagʻ etishmasligi kabi jiddiy muammolarga ham duch kelmoqda. Hisobotda giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish va ish oʻrinlarini yaratish uchun xalqaro yordam zarurligi taʻʻkidlangan.

Shu munosabat bilan, taqiq kelajagi noaniqligicha qolmoqda. Ayrim ekspertlarning fikricha, iqtisodiy bosim Tolibonni undan foydalanishni yumshatishga majbur qilishi mumkin. Hisobotda, shuningdek, harakat hukmronligining dastlabki yillarida Afgʻoniston jahondagi narkotik moddalarning 75 foizini ishlab chiqarganini eslatadi.

Mavzuga aloqador