Gʻarbiy Rahin shtatida harbiylar va isyonchi Arakan armiyasi oʻrtasida janglar avj olgan Mʻyanmadan Bangladeshga rohinja qochqinlarining yangi oqimi kirib keldi, deb xabar bermoqda Al-Jazira.

“Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti shifokorlariga koʻra, soʻnggi kunlarda Koks-Bazar qochqinlar lageriga oskolʻka va oʻq jarohatlarini olgan 39 kishi etib kelgan. Qurbonlarning deyarli yarmi ayollar va bolalardir. Shifokorlarning aytishicha, yil boshidan beri lagerga yaradorlar kelmayotgan edi.

“Soʻnggi bir necha kun ichida chegarani kesib oʻtgan yarador qochqinlar soniga kelsak, ularning jarohatlari tabiati qurolli toʻqnashuvdan dalolat beradi. Shubhasiz, Mʻyanmada tinch aholi rohinjalari uchun yashash maydoni kundan-kunga qisqarmoqda, odamlar janglarga jalb etilmoqda va xavfsizlik uchun Bangladeshga qochishga majbur boʻlmoqda”, - deydi “Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti xodimi Orla Merfi.

2017 yilda 750 ming rohinja Bangladeshga qochgan, vatanlarida qolganlar esa asosan lagerlarda yashab, harakatlanishi cheklangan. 

Mavzuga aloqador