Aleksandr Razuvaev

Moliyaviy tahlilchilar va risk-menejerlar gilʻdiyasi kuzatuv kengashi aʻʻzosi, iqtisod fanlari nomzodi Aleksandr Razuvaev Rossiyada islom bank ishi haqidagi mulohazalarini eʻʻlon qildi. U mamlakatda islom bankini joriy etish orqali Koʻrfaz davlatlaridan mablagʻlar jalb etish, Gʻarb sanktsiyalarini aylanib oʻtish mumkinligini taʻʻkidladi. Shuningdek, islomiy birjalar roʻyxatini keltirdi. “Islom bankida ishlash uchun esa professional boʻlish kifoya, musulmon boʻlish shart emas”, deb yozdi iqtisodchi.

InVoiceMedia saytida Moliyaviy tahlilchilar va risk-menejerlar gilʻdiyasi kuzatuv kengashi aʻʻzosi, iqtisod fanlari nomzodi Aleksandr Razuvaev tomonidan Rossiyada islom bank ishi haqida munozarali matn eʻʻlon qilindi.

“Rossiyadagi ijtimoiy tarmoqlarda islomdan qoʻrqadigan va nafratlanadigan odamlar bor, ular avvallari raqamlashtirish va COVID-19 ga qarshi emlashdan qoʻrqishgan, hozir esa bunday odamlarning asosiy dushmani Islom, jumladan, islom banki, ularning fikricha, Gʻarb razvedka xizmatlari mahsuloti”, - dedi Aleksandr Razuvaev.

Iqtisodchining taʻʻkidlashicha, islom bankini joriy etishning asosiy gʻoyasi – koʻrfaz davlatlaridan pul mablagʻlarini loyihalarni moliyalashtirishga jalb qilish imkoniyati. Shuningdek, sanktsiyalarni chetlab oʻtish uchun islom bankidan faol foydalanish. Eron bundan faol foydalanmoqda. Rossiya Banki vakillari Islom Respublikasi poytaxtiga tashrif buyurishdi va ehtimol bu masalani muhokama qilishgan.

Qimmatli qogʻozlar bozori haqida nima deyish mumkin? Islom investorlari birjada savdo qilishadi, biroq diniy qoidalarga ham rioya etishadi. Razuvaev  shariatga mos kompaniyalarni oʻz ichiga olgan bir qancha indekslar mavjudligini qayd etdi:

Dow Jones Islamic Market Index;

MSCI World Islamic Index;

S&P 500 Shariah;

S&P Europe 350 Shariah;

S&P Japan 500 Shariah;

S&P Pan Asia Shariah;

S&P GCC Shariah;

S&P BRIC Shariah Index.

Qizigʻi shundaki, roʻyxat oxiridagi indeksga musulmon boʻlmagan mamlakatlar –  Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy kompaniyalari ham kiritilgan. Ularning faoliyati islom normalariga zid emas. Moskva birjasi islom indeksini ishga tushirish orqali islomiy moliyaga eʻʻtibor berishi kerak. Dunyoda 2 milliard musulmon bor. Va agar barchasi Rossiya fond bozoriga 10 dollar sarmoya kiritsa, Alloh, shubhasiz, koʻp gunohlarni kechiradi”, - dedi u.

Aleksandr Razuvaev Fors koʻrfazi davlatlari investorlari Rossiyadan eng koʻp eng katta kapitallashuvga ega boʻlgan free float kompaniyalar aktsiyalarini sotib olishi mumkinligini taʻʻkidladi. “Investitsion qonunlar hamma joyda bir xil. Islom bankida ishlash uchun esa professional boʻlish kifoya, lekin musulmon boʻlish shart emas”, - deb yozdi iqtisodchi.

Mavzuga aloqador