2023 yilda 2022 yilga nisbatan global yadro quroli xarajatlari 10 mlrd evroga oshgan. Bu haqda Yadro qurollaridan voz kechish boʻyicha xalqaro kampaniya (ICAN)ning hisobotida keltirilgan. 

Shvetsiya tahlil markaziga koʻra, dunyoning toʻqqizta yadro quroliga ega davlati soʻnggi besh yil ichida oʻz arsenallarini modernizatsiya qilishda davom etyapti. Bunga oxirgi paytda zamonaviy urushlarda ushbu qurolning toʻxtatuvchi kuch sifatida koʻrilayotgani sabab boʻlyapti.

“Sovuq urush davridan beri yadroviy qurollar xalqaro munosabatlarda bunchalik muhim rolʻ oʻynaganini koʻrmaganmiz ”, – deydi Stokgolʻm xalqaro tinchlik tadqiqot institutining ommaviy qirgʻin qurollari dasturi direktori Uilfred Van.

Jumladan, toʻqqizta yadroviy derjava 2023 yilda oʻz arsenallariga jami 85,4 mlrd evro sarflagan. Qurolsizlanish faollari guruhi bu raqamlar 2022 yilga nisbatan 2023 yilda global xarajatlar 10 mlrd evroga oshganini, bu oʻsishning 80 foizi Qoʻshma Shtatlar (51,5 mlrd) hissasiga toʻgʻri kelishini maʻʻlum qilgan.

Ikkinchi oʻrinni Xitoy (11,8 mlrd dollar), uchinchi oʻrinni esa Rossiya (8,3 mlrd dollar) band qilib turibdi.

"Bu pullar global xavfsizlikni yaxshilashga emas, aksincha odamlar hayotiga tahdid solish uchun xarjlanmoqda ", – deydi ICAN tadqiqotlari koordinatori Sanders-Zakre.

Mavzuga aloqador