Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 288 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Xalqaro sud qaroridan soʻng bosqinchilar Gʻazoning barcha hududlari - Jabaliya, Nusayrat va Bureyj lagerlari, Shayx Radvan hududi, Xon Yunis, Gʻazo markazi, Rafah va Dayr al-Balahga yanada katta kuch bilan hujum qildi. Oʻnlab odamlar halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 38 848 kishi shahid boʻldi.

▪️Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Xalil, Nablus, Baytlahm, Qalqilya va Jeninga bostirib kirishadi. Bosqinchilar 2 hafta oldin qoʻyib yuborgan 19 yoshli yigit oʻldirilgan.

▪️Al-Qassam brigadalari Al-Quds jangchilari bilan birgalikda Nitsarim oʻqi va Rafahda bosqinchilar otryadiga hujum qildi. Jumladan, Rafah shahri gʻarbidagi Tal-as-Sultan mavzesida Isroil piyoda askarlari tunnelda oldindan tayyorlab qoʻyilgan pistirmaga tushirildi.

▪️Hizbulloh: Kun davomida bosqinchilarga qarshi 16 ta operatsiya oʻtkazdik. Shuningdek, Illitdagi 91-divizion shtab-kvartirasi pozitsiyalariga «Jihod» raketalari bilan hujum qilindi.

▪️JSST: Gʻazodagi oqava suvlarda poliomielit virusi aniqlangani koʻchirilgan falastinliklar allaqachon yuqtirilgan va virus aylanib yurganini anglatadi. Bu yangi falokat.

▪️Yaman, Iordaniya, Livan, Pokiston, Tunis, AQSh va Kanadada Falastinni qoʻllab-quvvatlash uchun minglab namoyishlar boʻlib oʻtdi.

Mavzuga aloqador