Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 287 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Rafah, Nusayrat lageri, Xon Yunis va Gʻazo shahriga hujum qildi. Bir kunda 50 dan ortiq odam halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 38 848 kishi shahid boʻldi.

▪️Gʻarbiy Sohilda Qalqilyada bosqinchilar qidiruvdagi erkakning oilasini garovga oldi.

▪️Gʻarbiy Sohil shimolida qarshilik kuchlari askarlari boʻlgan mashinani portlatib yubordi.

▪️Al-Qassam brigadalari Nitsarim va Rafah oʻqi hududida ishgʻol piyodalarini yoʻq qildi.

▪️Yaman qarshilik harakati dronlar bilan poytaxt Tel-Avivga hujum qildi. Bir kishi halok boʻldi, etti kishi yaralandi. Portlash AQSh konsulligi yaqinida yuz berdi.

▪️Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi: Gʻazoda oʻta yuqumli poliomielit aniqlandi. Virus suvda topilgan. Bosqinchilar anklavdagi mavjud suv miqdorini 94 foizga kamaytirib yubordi.

▪️Bosqinchilar Livanning Safad al-Botih shahriga hujum qildi. 2 kishi halok boʻldi, 12 kishi yaralandi.

▪️Natsist Netanyaxu Rafahga tashrif buyurib, askarlar bilan uchrashdi. Ulardan birining: «Shimol bilan-chi?» deya Hizbulloh hujumlari natijasida boʻshab qolgan Isroil shimolini nazarda tutib bergan savoliga natsist geografik jihatdan shimol qaerda ekanini koʻrsatish bilan cheklandi.

Mavzuga aloqador