BMT Bosh Assambleyasi koʻpchilik ovoz bilan Falastinni qoʻllab-quvvatlovchi beshta rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda Anadolu Falastin tashqi ishlar vazirligiga tayanib xabar bermoqda.

168 davlat falastinlik qochqinlarga yordam berish boʻyicha rezolyutsiya uchun ovoz berdi. Faqat Isroil qarshi chiqdi. AQSh, Urugvay va Paragvay va boshqa 10 davlat ovoz berishda betaraf qoldi.

BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam koʻrsatish agentligining (UNRWA) faoliyatiga oid rezolyutsiya 165 davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. Toʻrt davlat (AQSh, Kanada, Isroil va Mikroneziya) qarshi chiqdi, 6 davlat (Kamerun, Gvatemala, Kiribati, Palau, Papua-Yangi Gvineya va Vanuatu) betaraf qoldi.

Ishgʻol qilingan Falastin hududlarida yahudiy aholi punktlari bilan bogʻliq rezolyutsiya 149 davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. AQSh, Kanada, Isroil, Vengriya, Mikroneziya va Nauru qarshi ovoz berdi, yana 19 davlat esa ovoz berishda betaraf qoldi.

Falastinlik qochqinlarning mulki va ularning daromadlari haqidagi rezolyutsiyani 163 davlat yoqlab ovoz berdi; AQSh, Kanada, Isroil, Mikroneziya va Nauru qarshi ovoz berdi, 9 davlat betaraflikni tanladi.

Isroilning bosib olingan Falastin hududlari aholisiga nisbatan qonunbuzarliklarini tekshirish boʻyicha maxsus qoʻmita faoliyatiga oid rezolyutsiya 86 davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. AQSh, Buyuk Britaniya, Isroil, Kanada, Chexiya, Vengriya, Avstriya va Avstraliya qarshi ovoz berdi, 75 davlat esa betaraf qoldi.

Mavzuga aloqador