Turkiya poytaxti Anqara aeroportida Rossiya va AQSh oʻrtasida mahbuslar almashinuvi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Shot Telegram-kanali xabar qildi. 

Turkiya matbuotining yozishicha, almashinuv Turkiya razvedka xizmati muvofiqligida amalga oshirildi. CBS maʻʻlumotlariga koʻra, ayirboshlashda 24 kishi ishtirok etgan. AQSh tomonidan Rossiyaga sakkiz nafar mahbus taqdim etilgan boʻlsa, oʻz navbatida, rus tomoni RF qamoqxonalarida jazo oʻtayotgan 12 mahbusni AQShga topshirdi.

Xorijiy matbuotning yozishicha, Rossiya almashinuvda josuslik, armiya haqida soxta axborot tarqatish, davlat toʻntaruvi, armiyani obroʻsizlantirish kabi moddalar bilan qamoqqa olingan Evan Gershkovich, Pol Uilan, Andrey Pivovarov, Alsu Kurmasheva, Oleg Orlov, Riko Kriger, German Moyjes, Vadim Ostanin va Ilya Yashindan voz kechgan. 

Buning evaziga RF Anna va Artem Dulʻtsev (josuslik, Sloveniyada jazo oʻtayotgan boʻlgan), Roman Seleznev (kiberjinoyat, AQSh), Vladislav Klyushin (kiberjinoyat, AQSh), Vadim Konoshchenko (sanktsiyalarni aylanib oʻtish, AQSh), Pavel Rubtsov (josuslik, Polʻsha), Mixail Mikushin va Vadim Krasikov (buyurtmali qotillik, Germaniya)ni qabul qildi.

Mavzuga aloqador