Turkiya, Iroq, Qatar va BAA Sharq va Evropa oʻrtasida eng qisqa yoʻlni qurishga kelishib oldi
Rajab Toyyib Erdoʻgʻonning Iroqqa tashrifi doirasida Turkiya, Iroq, Qatar va BAA oʻrtasida Sharq va Evropa mamlakatlarini bogʻlovchi eng qisqa yoʻlni barpo etishni koʻzda tutgan “Taraqqiyot yoʻli” loyihasini amalga oshirish boʻyicha anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu yoʻlning Xitoy va Evropa oʻrtasidagi masofani Suvaysh kanali orqali oʻtadigan dengiz yoʻliga nisbatan qisqartirib, vaqt va mablagʻni tejashi kutilmoqda.
Turkiya prezidenti
Rajab Toyyib Erdoʻgʻonning 12 yildan keyin birinchi marta Iroqqa qilgan rasmiy
ziyorati chogʻida Turkiya, Iroq, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida
“Taraqqiyot yoʻli” loyihasi boʻyicha anglashuv memorandumi imzolandi.
“Taraqqiyot
yoʻli” loyihasi Xitoy va Evropa oʻrtasidagi masofani Suvaysh kanali orqali
oʻtadigan dengiz yoʻliga nisbatan qisqartirib, vaqt va mablagʻni tejashi
kutilmoqda.
“Kemalar
Suvaysh kanali orqali 35 kunda oʻtadi. Yaxshi Umid burni orqali sayohat 45
kungacha davom etadi. Taraqqiyot
yoʻli qurilishini yakunlasak, tashish vaqtlari 25 kungacha qisqaradi”, - dedi Turkiya transport va
infratuzilma vaziri Abdulqodir Uraloʻgʻli.
Rivojlanish
yoʻli loyihasi Turkiyani 1200 kilometrlik temir yoʻl va avtomobilʻ yoʻllari orqali
Fors koʻrfazidagi Iroqning El Fao porti bilan bogʻlaydi.
Ushbu
loyihaning birinchi bosqichi 2028 yilda foydalanishga topshiriladi.
Turkiya va
Iroq oʻrtasida “yangi Ipak yoʻli” boʻlishi maqsad qilingan loyihaning taxminiy
qiymati 17 milliard dollar boʻlib, Turkiya, Iroq, Qatar, BAA va Xitoy tomonidan
sarmoya qilinishi kutilmoqda.
Turkiya va
Iroq hukumatlari “Taraqqiyot yoʻli” loyihasiga amalga oshirilayotgan ishlar (qoʻshimcha
portlar qurish va har ikki davlatda yoʻl infratuzilmasini qayta tashkil etish va hokazo)
bilan bir qatorda 23,8 milliard dollar sarmoya kiritadi.
Maʻʻlumot
uchun, Turkiya prezidentining ushbu tashrifi yakunlari boʻyicha Turkiya va Iroq
oʻrtasida harbiy-siyosiy, madaniyat, taʻʻlim, Islom dini va boshqa yoʻnalishlarda jami
26 ta hujjat imzolandi.