Gubada boʻlib oʻtgan II mintaqalararo forum doirasida Oʻzbekiston va Ozarbayjonning bir qator shaharlari oʻzaro birodarlik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi bitimlarni imzoladi. Ularga koʻra, Guliston va Fuzuliy, Termiz va Bilasuvar, Namangan va Mingachevir birodar shaharlarga aylandi.

Oʻzbekiston va Ozarbayjonning bir qancha shaharlari birodar shaharga aylandi, deb yozmoqda Sputnik Oʻzbekiston.

Ular:

Fuzuliy – Guliston;

Bilasuvar – Termiz;

Mingachevir - Namangan.

Hujjat Gubada boʻlib oʻtgan II mintaqalararo forum doirasida imzolandi.

Oʻtgan yil fevralʻ oyida Toshkentda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston–Ozarbayjon mintaqalararo forumi doirasida Oʻzbekiston va Ozarbayjonning 8 ta tarixiy shahri – Xiva va Shusha, Samarqand va Ganja, Buxoro va Lankaron, Qoʻqon va Sheki oʻzaro birodarlik munosabatlarini oʻrnatgan edi. 

Mavzuga aloqador