Shavkat Mirziyoev Turkiyaga davlat tashrifi chogʻida Falastin boʻyicha bayonot berar ekan, Oʻzbekiston prezidenti Gʻarb davlatlarining fojiaga boʻlgan munosabati Oʻzbekiston va Turkiyani qattiq xavotirga solayotgani, amalda ikkiyoqlama standartlar kuzatilayotganini taʻʻkidladi. “Tinchlikka erishish uchun mustaqil va ozod Falastin davlati tashkil etilishi shart”, - dedi u.

Oʻzbekiston va Turkiya prezidentlari Anqaradagi muzokaralar yakunida OAV uchun bayonot bilan chiqdi. Unda Shavkat Mirziyoev Gʻazoda kechayotgan fojialarga ham toʻxtaldi.

Oʻzbekiston prezidenti Gʻarb davlatlarining fojiaga boʻlgan munosabati Oʻzbekiston va Turkiyani qattiq xavotirga solayotgani, amalda ikkiyoqlama standartlar kuzatilayotganini taʻʻkidladi.

“Demokratiya va inson huquqlarini keng targʻib qilgan va ularning himoyasida turgan etakchi, rivojlangan davlatlar bu qotilliklarga, bu vahshiyliklarga koʻz yummoqda. Albatta, zoʻravonlikni toʻliq toʻxtatish va tinchlik jarayonini boshlash kerak. Gʻazo fojiasi hanuzgacha hal qilinmagan Isroil–Falastin ziddiyatining ayanchli oqibatlaridir. Barqaror va uzoq muddatli tinchlikka erishish uchun, albatta, mustaqil va ozod Falastin davlati tashkil etilishi shart. Aslida Falastin muammosi butun Yaqin Sharq muammosidir”, – dedi Shavkat Mirziyoev.

Prezident, Oʻzbekiston ana shu oʻtkir muammo boʻyicha Turkiya prezidenti bildirayotgan adolatli tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashini maʻʻlum qildi.

“Biz muqaddas dinimizning asl insonparvarlik mohiyatini keng targʻib etish borasida olib borayotgan ishlarimiz boʻyicha hamkorlikni davom ettiramiz. Oʻzbekiston zaminida tugʻilib, kamol topgan, musulmon olamida yuksak eʻʻtirof etilgan mutafakkirlar – Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Abduxoliq Gʻijduvoniy va Bahovuddin Naqshband kabi ulugʻ zotlarning bebaho maʻʻnaviy-madaniy merosiga qardosh turk xalqining diqqat va eʻʻtibori tobora ortib borayotganini mamnuniyat bilan taʻʻkidladik. Hurmatli Erdogan janobi oliylarining Islom diniga qarshi har qanday salbiy harakatlarga nisbatan qatʻʻiy pozitsiyasi ham alohida ehtirom va eʻʻtirofga loyiqdir. Biz hozir murakkab vaziyatda dinimizga qarshi yovuz kuchlarning turli xuruj va bosimlariga birgalikda javob qaytarishga kelishib oldik”, – deya taʻʻkidladi Mirziyoev.

 

Mavzuga aloqador