Oʻzbekistonda «Sharq-Aksilterror – 2024» mashgʻulotlari oʻtkaziladi
4-5 sentyabrʻ
kunlari Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan MDH mamlakatlari
vakolatli organlarining «Sharq-Aksilterror – 2024» qoʻshma aksilterror
mashgʻulotlari oʻtkaziladi. Shuningdek,
Toshkentda ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining X xalqaro ilmiy-amaliy
konferentsiyasi hamda MDH terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boʻyicha II
konferentsiyasi boʻlib oʻtadi.
2024
yilning 4-5 sentyabrʻ kunlari Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti
Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining oʻninchi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasi
hamda Mustaqil davlatlar hamdoʻstligining terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash
boʻyicha ikkinchi konferentsiyasi boʻlib oʻtadi.
Unda ShHT va MDHga aʻʻzo davlatlarning vakolatli organlari,
MDH organlarining ishchi tuzilmalari, xalqaro tashkilotlar, shuningdek, terrorizm
va ekstremizmga qarshi kurash muammolarini oʻrganishga jalb qilingan taʻʻlim va
ilmiy-tahliliy tashkilotlar delegatsiyalarining ishtirok etishi kutilmoqda.
Konferentsiyada BMT, MDH ATM, Interpol, YEOG, OHICHK va boshqa
tashkilotlar vakillari ham qatnashadi.
Konferentsiyadan koʻzlangan asosiy maqsad terrorizm va
ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha ilgʻor tajribalarni oʻzaro almashish, bu boradagi
xalqaro hamkorlikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish,
ishtirokchilarning xavfsizlikka nisbatan boʻladigan yangi tahdidlarga nisbatan
umumiy tushuncha va yondashuvlarini shakllantirishdan iborat.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati
tomonidan MDH ATMning muvofiqlashtiruvida Hamdoʻstlik mamlakatlari vakolatli
organlarining «Sharq-Aksilterror – 2024» qoʻshma aksilterror mashgʻulotlari
oʻtkaziladi.
Mashgʻulotlardan koʻzlangan maqsad muhim infratuzilma obʻʻektlari
va odamlar gavjum boʻlgan joylarda terrorchilik harakatlarini aniqlash va bartaraf
etish boʻyicha qoʻshma aksilterror tadbirlarini oʻtkazishda MDHga aʻʻzo davlatlar
vakolatli organlari faoliyatini takomillashtirishdan iborat.