Eng kamida 4 ming Turtsiya fuqaroligiga ega yahudiy Gʻazoda urushmoqda
Turkiya va Isroil pasportlariga ega eng kamida 4 ming sionist 7 oktyabrdan keyin Gʻazoga borib, Isroil armiyasi safida falastinliklarni qirishda ishtirok etmoqda. Ularning 65 tasi jabhada oʻldirilgan, 110 tasi esa turli darajada yarador qilingan. Turkiye gazetasi maʻʻlumotlariga koʻra, Turkiyada ikki fuqarolikka ega 20 ming, Isroilda esa 250 ming isroillik yashaydi. Isroilning “Temir gumbaz” tizimiga masʻʻul general ham Turkiya fuqaroligiga egaligi aniqlangan.
Turk
pasportiga ega 4 ming sionist 7 oktyabrdan keyin Gʻazoga borib, Isroil uchun
qirgʻin qildi. Ulardan 65 nafari frontda oʻldirildi, deb yozmoqda Turkiye gazetasi.
Nashr
Turkiyada ikki fuqarolikka ega 20 mingga yaqin isroillik yashaydi, Isroilda esa ular
soni 250 ming atrofida. Bu odamlar Isroilda harbiy xizmatni ado etishadi.
Gʻazo urushi boshlanishi bilan toʻrt ming turk isroillik Falastin
anklavidagi Isroil askarlariga yordam berish uchun ketdi.
Qayd etilishicha, turk isroilliklarining katta qismi Isroilga
toʻgʻridan-toʻgʻri Turkiyadan emas, balki uchinchi davlatlar orqali fitna uyushtirish
maqsadida kirib kelgan. Bunda ularga «Chabad», “Doʻstlar uyushmasi”, “Isroildagi
Turk xalqlari ittifoqi” kabi tashkilotlar faol yordam berdi.
Gazetaning yozishicha, Gʻazoda kamida 65 nafar turk isroillik
halok boʻlgan, yana 110 ga yaqini turli yoʻllar bilan yaralangan. Bundan tashqari,
Isroil harbiy rahbariyati Turkiya fuqarolariga muhim vazifalarni yuklashi aytiladi. Masalan,
Isroilning “Temir gumbaz” tizimiga masʻʻul general Turkiya fuqaroligiga ega boʻlgan.