Turk yoshlari ittifoqi (TGB) aʻʻzolari Isroilni himoya qilish uchun mintaqaga joʻnatilgan, hozirda Turkiyaning Izmir portiga vaqtinchalik langar tashlagan AQShning USS Wasp samolyot tashuvchi kemasida navbatchilik qilgani aytilayotgan amerikalik askarni kaltaklab, boshiga qop kiydirishdi.

“Biz Isroilni himoya qilayotgan, bu erda turk askarlari va minglab falastinliklar bilan muomala qilishga urinayotgan AQSh askarlariga tinchlik bermaymiz. Har safar bu erlarga qadam qoʻyganingizda, biz sizni oʻzingizga munosib tarzda qarshi olamiz! Qoʻli qonli Amerika askarlariga Turkiyada joy yoʻq!  Yurtimizdan keting!”  - dedi tashkilot rahbari Kayaxan Chetre.

Hodisa yuzasidan 15 kishi, jumladan, Kayaxan Chetre qoʻlga olindi.

AQShning Anqaradagi elchixonasi holat yuzasidan munosabat bildirib, Izmirda amerikalik harbiylar hujumga uchragani va hozir xavfsiz ekanligini tasdiqladi.

Turkiya hukumatiga voqeaga tezkor munosabat bildirgani va voqea yuzasidan tergov boshlagani uchun minnatdorchilik bildiramiz”, - deyiladi bayonotda.

Mavzuga aloqador