Falastin qarshilik harakatining asoschisi shayx Izzuddin al-Qassomdir. Kuni kecha (20.11.2023) ushbu Falastin inqilobining asoschisi va ilhomlantiruvchilaridan biri shahid boʻlganiga 88 yil toʻldi.

Dastlabki yillar | Suriya
Izzuddin Abdulqodir ibn Mustafo ibn Yusuf ibn Muhammad al-Qassom 1882 (h. 1299) yili Suriyaning gʻarbida, Latakiya janubida joylashgan Jabla degan kichik port shahrida tugʻilgan. U oʻzi tugʻilib oʻsgan shahardagi masjid va maktablarda katta boʻldi, boshlangʻich va diniy taʻʻlimni shu erda oldi. Keyinchalik otasi uni va ukasi Faxriddinni Misrdagi Al-Azhar universitetiga oʻqishga yubordi. Izzuddinning keyingi 8 yillik umrini shu ilm dargohida diniy ilmlar (fiqh, tafsir hadis ilmi va boshqa ilmlar)ni qunt bilan oʻrganib oʻtkazdi va aynan Al-Azharda u ilk marotaba "Islom uygʻonishi" haqidagi fikrlar bilan tanishdi.
U islom ilmlari boʻyicha ijoza (malakasini tasdiqlovchi xalqaro litsenziya)ni qoʻlga kiritgach, ona shahri Jablaga qaytdi.

Oʻsha yillarda Misr Britaniya mustamlakasi ostida edi. Shayx Al-Qassam inglizlar Gʻarb madaniyatini bu mamlakatga qanday qilib singdirib, odamlarni islomiy qadriyatlardan uzoqlashtirganini anglab etib hayron qoldi va qattiq iztirobga tushdi.

Chuqur ilm va keng dunyoqarash ega boʻlgan Yosh Shayx Al-Qassam oʻz vatanida ishni taʻʻlimdan boshladi, uncha maʻʻlumotga ega boʻlmagan hamshaharlariga nafaqat Alloh taoloning dinini, balki oddiy oʻqish, yozish, hisob va boshqa koʻnikmalarni ham oʻrgata boshladi. Chunki oʻsha yillarda bu erlarda savodsizlar soni juda katta edi. Bundan tashqari, u oʻz shahri aholisini namoz oʻqishga va Ramazon oyida roʻza tutishga undadi.
Biroz vaqt oʻtgach, u Jabla shahridagi Mansuriy masjidining imomi boʻldi, shu tufayli atrofiga koʻp odamlarni toʻplandi, ilmi, ixlosli harakati natijasida katta obroʻ qozondi. Uning vaʻʻzlarini tinglash uchun nafaqat shu shahardan, balki butun qoʻshni viloyatlardan ham odamlar oqib kela boshladi. U hamma bilan juda iliq va doʻstona munosabatlarni oʻrnatdi, kishilar uni teran tafakkurli, bilimli va solih inson deb taʻʻriflashardi.

Inqilobiy faoliyatning boshlanishi | Liviya, Suriya, Falastin
1911 yilda Liviyada italyan bosqinchilariga qarshi milliy ozodlik kurashi boshlanganida, Shayx Izzuddin al-Qassom Suriyada liviyaliklarni qoʻllab-quvvatlash uchun katta namoyishlar uyushtirdi, Liviyadagi birodarlarga yordam uchun xayr-ehsonlar toʻpladi. Suriya aholisidan qurol-aslaha va boshqa zaruriy zaxiralarni qardosh Liviya xalqiga yubordi.
Al-Qassom qurol va pul yigʻishdan tashqari, juma namozida Liviyadagi jihod (muqaddas urush) uchun koʻngillilarni chaqirdi. Turli manbalarga koʻra, u oʻz tumanida 60 dan 250 gacha mujohid koʻngillilarni toʻplab, Usmonli hukumatidan ularni Liviyaga yuborish uchun bir kema ajratishini soʻradi. Ammo yaqinda Sulton Abdulhamid II ni taxtdan agʻdargan Yosh turklar vakili boʻlgan millatchi, panturkist hukumat arab mintaqalarining ahvoliga unchalik ahamiyat bermadi. Ular bor diqqat-eʻʻtiborini Bolqon chegaralariga qaratgani uchun Al-Qassomga yordam berishdan bosh tortishdi va Liviyani (oʻsha paytda bu erlar Usmoniylar nazorati ostida edi) italiyaliklarning parchalashi uchun qoʻyib berishdi.

Suriya
1920 yilda Suriya frantsuz bosqinchilari tomonidan bosib olindi va frantsuz mandati tomonidan nazorat qilindi, ammo Halab va Latakiya Umar al-Bitar va Izzuddin al-Qassom boshchiligidagi aholi ashaddiy qarshilik koʻrsatgan mintaqalar boʻlib chiqdi. Ular bosqinchi kelgindilarga qattiq qarshilik koʻrsatdi, uzoq vaqt davomida ularga qarshi partizan urushini muvaffaqiyatli olib bordi. Bu yillar davomida Al-Qassom qoʻzgʻolonga koʻp sonli vatandoshlari, asosan oʻzi koʻngilli sifatida Liviyaga joʻnatish uchun toʻplagan va oxir-oqibat oʻz vatanida foydali boʻlgan tarafdorlarining harakatlarini boshqarish bilan etakchilik mahoratini yuksaltirdi.

Umar al-Bitar frantsuz bosqinchilari tomonidan oʻlimga hukm qilinib, Turkiyaga qochishga majbur boʻlganidan keyin uning odamlari ham Al-Qassom safdoshlariga qoʻshildi.
Qassamning qurollli odamlari dushman bilan juda muvaffaqiyatli urushdi, ammo vaqt oʻtishi bilan frantsuzlar ularni Jabladan haydab chiqarishga muvaffaq boʻldi va Halabga koʻchirishga majbur qilishdi. Izzuddin qoʻshini u erda u boshqa inqilobchi Ibrohim Hananu bilan birlashdi.

Falastin
Frantsuzlar Suriya qoʻzgʻolonini muvaffaqiyatli bostirgandan soʻng, Al-Qassamni qoʻzgʻolonga boshchilik qilgani uchun sirtdan oʻlimga hukm qilishdi, bu esa uni 1921 (hijriy 1340) yilda Falastinga koʻchib oʻtishga majbur qildi. Izzuddin al-Qassam sohil boʻyidagi Hayfa shahridagi mahalliy madrasada voizlik faoliyatini davom ettirdi.
Shayx madrasada odamlarga dars berish bilan bir vaqtda Al-Istiqlol masjidida voizlik ham qildi. 1926 yilda Hayfa shahridagi Musulmon yoshlari jamiyatiga aʻʻzo boʻlgan olim tez orada uning rahbariga aylandi. 1929 yilda esa shariat qozisi etib tayinlandi. Bu ishlarning barchasi shayxga insonlar bilan muloqot qilish, ularni yaqindan tanish, ular bilan mustahkam aloqalar oʻrnatish, oʻrtada ishonch koʻpriklarini qurish va ularning muhabbatini qozonish imkonlarini berdi.

Ayni paytda Britaniya istilosi ostidagi Falastinda sionistlar xavfi kundan kunga ortib borardi. Al-Qassom, Britaniya sionist koʻchmanchilarga mayda-mayda boʻlaklarga boʻlib topshirayotgan Falastin erlarida qurilayotgan yahudiy aholi punktlari qanchalik xavfli ekanini tezda anglab etdi. U, ayniqsa, falastinlik sobiq fermerlar bilan muloqotda boʻlganida, inglizlar qanday qilib ularning mulklarini tortib olib, yangi kelgan yahudiylarga topshirganlarini aytib berishganida, ahvolning ayanchli ekanini chuqurroq his qildi.
Al-Qassam Falastin hududlari zudlik bilan “erib” borayotganini kuzatar ekan, jim oʻtira olmadi va agar Britaniya mustamlakachiligiga qarshilik koʻrsatilmasa, 95% aholisi musulmon boʻlgan Falastin erlari tez orada Evropadan kelgan sionistlar qoʻliga toʻliq oʻtib ketishini aniq angladi..

Qarshilik harakati kuchlarini tashkil etish va tayyorlash
Al-Qassom yashirin harbiy inqilobiy harakatni tashkil qila boshladi, Suriyadagi inqilobdan toʻplagan katta tajribasi Falastin mujohidlarini harbiy va diniy tayyorgarlikdan oʻtkazishda asqatdi.
Shayx Izzuddin al-Qassom tashkilotchilik, kadrlar tanlash, rahbarlik, taʻʻminot va qurol-yarogʻ bilan taʻʻminlashda favqulodda qobiliyatli edi. Bundan tashqari, u oʻz jangchilarining ijtimoiy hayotiga katta eʻʻtibor qaratar, ularga va ularning oilalariga turli yoʻllar bilan yordam berish orqali yashash sharoitlarini yaxshilashga harakat qilardi. U kambagʻallarga, ayniqsa, Britaniya istilosidan keyin hamma narsadan mahrum boʻlganlarga yordam berdi, ularni qoʻllab-quvvatladi, savodxonlik va biim darajalarini oshirdi, shu bilan birga oʻz safdoshlari yangi-yangi tarafdorlar bilan oshirib bordi.
Al-Qassom oʻzining inqilobiy harakatida yangi aʻʻzolarni yollash uchun masʻʻul boʻlgan "inqilobga daʻʻvat boʻlimi", harakatning siyosiy dasturi bilan shugʻullanadigan "siyosiy aloqa boʻlimi", "harbiy tayyorgarlik boʻlimi", "qurol sotib olish boʻlimi", "razvedka boʻlimi" kabi bir nechta boʻlinmalarni tashkil qildi. 

Partizanlar urushi
1935 yilda (1354 hijriy) Al-Qassom Jenin, Nablus va Tulkarm kabi Gʻarbiy Sohil shaharlarida amaliyotlar oʻtkaza boshladi, ingliz zobitlariga oʻnlab muvaffaqiyatli hujumlar uyushtirdi, oziq-ovqat yoʻllari, temir yoʻllar va boshqa koʻp aloqa tarmoqlarni buzdi. Bundan tashqari, Al-Qassom qoʻshinlari inglizlar bilan hamkorlik qilgan xoinlarni aniqlab, ularni yoʻq qildi. Oʻsha yillarda ingliz askarlarining asosiy qoʻrquvi tungi qoʻshinlar edi, oʻshanda Al-Qassam kuchlarisi qorongʻu zulmatda ularning qalbiga qoʻrquv va dahshat solgan edi.
Izzaddin al-Qassom boshchiligidagi operatsiyalar muvaffaqiyati oshgani sari uning qarshilik harakatiga shunchalik koʻp odamlar qoʻshila boshladi.

Muqaddas urush va inqilobning eʻʻlon qilinishi
Taxminan 1935 yil noyabrida 11 nafar mujohid Shayx Izzuddin al-Qassom bilan birgalikda Gʻarbiy Sohildagi Jenin shahrida ingliz bosqinchilariga qarshi rasman jihod eʻʻlon qildi va Britaniya mandatini agʻdarish uchun Falastinda qoʻzgʻolon va inqilob yaratish niyatlarini ochiqladi.
Bunday shov-shuvli bayonotdan soʻng, ingliz ishgʻol hukumati shayxning “bu kamsitishlariga” ortiq toqat qilolmadi va agar u toʻxtatilmasa, u oʻz rejalarini amalga oshirishini tushundi.
1935 yil 15 noyabrda ishgʻolchi ingliz qoʻshinlari razvedka tarmogʻi orqali Shayx al-Qassomning joylashgan joyini bilib, unga va uning qoʻshinlariga qarshi harbiy operatsiya oʻtkaza boshladi. Uzoq va shiddatli janglardan soʻng, inglizlar katta talofatlarga uchradi. Ammo baribir ularning son va quro-aslaha jihatidan katta ustunlikka ega ekani oʻz taʻʻsirini koʻrsatdi, ular 1935 yil 19 noyabrda Al-Qassam qoʻshinlarini qamal qilib, ularning qoʻshni qishloqlar  bilan aloqalarini kesib tashlashga va toʻliq oʻrab olishga muvaffaq boʻldi.

Shahidlik
Qiyin vaziyatda qolgan Al-Qassomning oldida bir necha yoʻl qolgan edi: yo qoʻrqoqlik bilan qochishga urinib koʻrish, yoki Britaniya hukumatiga taslim boʻlish yoxud tengsiz jangda kurashni davom ettirish. Al-Qassam va uning qurolli birodarlari oxirigacha kurashishga qaror qilishdi.
6 soat davomida mujohidlarning kichik otryadi butun boshli Britaniya armiyasining harbiy boʻlinmalariga qarshi kurashdi, kamida 15 britaniyalik askar halok boʻldi. Afsuski, bu tengsiz jangda mujohid Shayx Izzuddin al-Qassom qattiq yarador boʻldi, ikki mujohid sherigi bilan birga qoʻlida qurolini tutgan holda shahodat sharbatini ichdi. Omon qolganlarning hammasi, jumladan yaradorlar ham asirga olinib, uzoq muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi.
Falastin xalqi shayx al-Qassomning oʻlimidan karaxt ahvolga tushdi. Uning dafn marosimiga dunyoning turli burchaklaridan juda koʻp odamlar kelishdi.

Al-Qassomning faoliyati barhayot
Hamas islomiy qarshilik harakati bu qahramon xotirasini abadiylashtirdi va uning sharafiga Falastindagi eng jangovar harbiy tashkilotlardan biri -- HAMAS harakatining harbiy qanotiga Izzuddin al-Qassam nomini berdi.
Hamasdan tashqari Falastinning deyarli barcha partiya va harakatlari har yili uning sharafiga turli tadbirlar oʻtkazadi. Falastin xalqi bu olijanob jangchini Falastin mustaqilligi, islomiy va musulmonlarning birligi va ozodligi uchun birinchilardan boʻlib kurashgan qahramon shaxs sifatida yodga oladi.

Mavzuga aloqador