HAMAS etakchisining Isroil tomonidan oʻldirilishi dunyo kun tartibini oʻzgartirib yubordi. Etakchi mamlakatlar rahbarlari, tashqi siyosat idoralari va tashkilotlar oʻz munosabatini bildirmoqda.

Eron oliy rahnamosi Ali Xomenei Haniyaning "qoni uchun qasos olishga" vaʻʻda berdi. "Bu bizning burchlarimizdan biri, chunki qotillik bizning erlarimizda sodir boʻldi", – dedi u.

Xitoy ham Falastin Harakati etakchisining oʻldirilishini qoraladi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Haniyaning oʻldirilishi mintaqadagi beqarorlikka olib kelishi mumkin boʻlgan xavfli eskalatsiya ekanligini aytdi.

AQSh Hamas etakchisining oʻldirilishidan keyin Isroil javob choralariga uchrasa, unga yordam berishga vaʻʻda berdi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Mixail Bogdanov voqeani mutlaqo qabul qilib boʻlmaydigan siyosiy qotillik deb atadi. RF TIV barcha tomonlarni vazminlikka chaqirdi.

Iordaniya Falastin harakati etakchisining oʻldirilishini jinoyat deb atadi: “Iordaniya Isroil tomonidan Falastindagi Islomiy Qarshilik Harakati (HAMAS) siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning, Alloh rahmat qilsin, Eron poytaxti Tehronda xalqaro huquq va xalqaro insonparvarlik huquqini buzgan holda oʻldirilishini keskin qoralaydi. Bu mintaqada yanada keskinlik va tartibsizlikka olib keladigan jinoyatdir”.

Qatar bu qotillikni “bemulohaza jirkanch jinoyat, xavfli eskalatsiya hamda xalqaro va insonparvarlik qonunlarini qoʻpol ravishda buzish” deb atadi.

Malayziya Tashqi ishlar vazirligi: “Malayziya ushbu qotillikni zudlik bilan va chuqur tergov qilishni hamda aybdorlarni javobgarlikka tortishni talab qiladi”. 

Afgʻoniston hukumati: “Musulmon uchun shahidlik katta gʻalabadir. Allohdan Ismoil Haniyaga mangu jannat, uning oilasiga va barcha [Falastinlik] jangchilarga kuch-quvvat berishini tilaymiz. [...] Biz nufuzli davlatlarga, xususan, islom va arab dunyosiga sionistlar bosqinining oldini olish boʻyicha saʻʻy-harakatlarni kuchaytirishga chaqiruvimizni takrorlaymiz”.

Yaman husiylari HAMAS etakchisining oʻldirilishi munosabati bilan uch kunlik motam eʻʻlon qildi. Harakat Haniyaning oʻldirilishi terrorchilik harakati ekanligini taʻʻkidladi.

Mavzuga aloqador