Tolibon davrida koʻknori etishtirish 95 foizga kamaydi - BMT
Tolibon Afgʻonistonda hokimiyatni qoʻlga kiritgan 2021 yildan buyon mamlakatda koʻknori etishtirish 95 foizga qisqardi. BMT maʻʻlumotlariga koʻra, bunga giyohvand moddalar ishlab chiqarishga qarshi kurash, isteʻʻmolchilarini hibsga olish, ekinlarni yoʻq qilish va bozorlarni yopish kabi choralar evaziga erishdi.
2021
yilda Afgʻonistonda hokimiyatni qoʻlga kiritganidan soʻng Tolibon hukumati
tomonidan narkotik moddalar ishlab chiqarish va tarqatilishiga qarshi kurash
kampaniyasi koʻknori etishtirishning 95 foizga qisqarishiga olib keldi, deya xabar
beradi BMT.
Xalqaro
Inqiroz Guruhining “Afgʻonistondagi afyun muammosi: Tolibonning narkotiklarga
qarshi urushi” nomli hisobotida harakatning giyohvand moddalar ishlab chiqarishga
qarshi kurash, foydalanuvchilarni hibsga olish, ekinlarni yoʻq qilish va bozorlarni
yopish harakatlari qayd etilgan. Hisobotga koʻra, kampaniya dastlab sekin
kechgan boʻlsa-da, koʻp oʻtmay shiddatlashgan.
Hokimiyatga kelgan harakat ishni giyohvand moddalarni isteʻʻmol qiluvchilarni hibsga olish,
asrlar davomida koʻknor etishtirib kelgan fermerlarni ogohlantirish kabi oddiy
maqsadlardan boshlagan.
Yumshoq choralar samarasiz boʻlgach, hukumat dehqonlarga qarshi turish va ularning
hosilini yoʻq qilish uchun xavfsizlik kuchlarini yuborgan.
Hisobotda qayd etilishicha, Afgʻoniston hukumatining yangi
taqiqi 7 millionga yaqin odamga, ayniqsa, xalqaro sanktsiyalarga uchragan iqtisodiyotda
boshqa ish topa olmaydigan kambagʻal ishchilar va qishloq ayollariga taʻʻsir qiladi.
Narkofermerlar har
yili taxminan 1,3 milliard dollar yoʻqotadi, bu 2023 yilda Afgʻoniston yalpi ichki
mahsulotining 8 foizini tashkil qiladi. Iqtisodiy zarba Tolibonning fuqarolarga muqobil
daromad manbalarini taqdim etish imkoniyati cheklangani bilan yanada kuchaydi.
Garchi koʻplab fermerlar gʻalla va paxta etishtirishga oʻtgan
boʻlsa-da, ular hali
ham qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Boshqa tomondan, taqiq joriy qilinganidan
keyin yirik savdogarlar va yirik er egalari oʻz zaxiralarini qimmatroq narxlarda sotish
orqali boyib ketishdi, deya qoʻshimcha qiladi BMT ekspertlari.
Mamlakat hukumati agrar sohani rivojlantirish borasida irrigatsiya
loyihalari, omborxonalar va yoʻllar yaratish uchun mablagʻ etishmasligi kabi jiddiy
muammolarga ham duch kelmoqda.
Hisobotda giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish va ish oʻrinlarini yaratish
uchun xalqaro yordam zarurligi taʻʻkidlangan.
Shu
munosabat bilan, taqiq kelajagi noaniqligicha qolmoqda. Ayrim
ekspertlarning fikricha, iqtisodiy bosim Tolibonni undan foydalanishni yumshatishga
majbur qilishi mumkin. Hisobotda, shuningdek, harakat hukmronligining dastlabki
yillarida Afgʻoniston jahondagi narkotik moddalarning 75 foizini ishlab
chiqarganini eslatadi.