Ekvadorda tartibsizliklar boshlanganidan buyon 1,5 mingdan ortiq odam hibsga olindi
Ekvadorda "ichki qurolli toʻqnashuv" holati eʻʻlon qilinganidan buyon jinoiy toʻdalarning 1534 nafar aʻʻzosi qoʻlga olindi. Bundan tashqari, amaliyotlar doirasida qurolli shaxslar tomonidan ushlab turilgan 11 nafar militsiya xodimi ozod qilinib, 575 dona oʻqotar qurol va 478 dona qoʻlbola portlovchi moddalar, shuningdek, 5,6 tonnaga yaqin narkotik moddalar musodara qilingan.
Ekvadorda
"ichki qurolli toʻqnashuv" holati eʻʻlon qilinganidan buyon jinoiy toʻdalarning
1534 nafar aʻʻzosi qoʻlga olindi.
Operatsiyalar politsiya va harbiylar hamkorligi doirasida amalga
oshirilmoqda. Operatsiya chogʻida 5 nafar jinoiy guruh aʻʻzosi yoʻq qilingan, ikki politsiyachi halok
boʻlgan.
Bundan tashqari, amaliyotlar doirasida qurolli shaxslar
tomonidan ushlab turilgan 11 nafar militsiya xodimi ozod qilinib, 575 dona oʻqotar qurol va
478 dona qoʻlbola portlovchi moddalar, shuningdek, 5,6 tonnaga yaqin narkotik
moddalar musodara qilingan.
Eslatib
oʻtamiz, Ekvador hukumati 9 yanvarʻ kuni Ekvadorning eng yirik jinoiy toʻdasi “Los Choneros” rahbari, «Fito» laqabli
Xose Adolʻfo Masias Vilyamar qamoqdan qochib
ketganidan soʻng 60 kunlik favqulodda holat eʻʻlon qilgan, komendantlik soati joriy etgan edi.