Isroilning Haaretz gazetasi HAMAS Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning oʻldirilishi, Bayrutda Hizbulloh qoʻmondonlaridan biri, Gʻazoda Izziddin Al-Qassam brigadasi rahbari Muhammad al-Dayf oʻldirilgani haqidagi xabarlar bosh vazir Netanyaxu isroillik asirlarni ozod qilish fikridan yiroq ekani, Isroil mintaqada tinchlik oʻrnatishni maqsad qilmayotganini anglatishi haqida yozdi.

Falastinning HAMAS harakati Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaga uyushtirilgan suiqasd Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxuning kun tartibida asirlar almashinuvi mavzusi asosiy oʻrin tutmasligini koʻrsatdi, deb yozadi Isroilning Haaretz gazetasi.

Haniyaga suiqasd uyushtirish bilan bir vaqtda Bayrutda Hizbulloh qoʻmondonlaridan birining oʻldirilishi haqidagi xabarlar, shuningdek, Isroil armiyasining HAMAS harakatining harbiy qanoti – Izziddin Al-Qassam brigadasi rahbari Muhammad al-Dayfning oʻldirilgani haqidagi bayonotlari mintaqada yangi tartibsizliklarni keltirib chiqardi, deyiladi isroillik jurnalist Amos Xarel maqolasida.

Isroil Eron va Hizbulloh harakati tomonidan ehtimoliy javob zarbasiga tayyorlanmoqda, deya qayd etadi maqola muallifi.

Mintaqadagi hozirgi voqealarni hisobga olsak, Tel-Aviv maʻʻmuriyati va HAMAS oʻrtasida asirlarni almashish boʻyicha kelishuvga erishish imkoniyati deyarli nolga teng, deyiladi matnda.

Maqolada taʻʻkidlanishicha, ehtimoliy hujumlar "bir necha kun" davom etishi mumkin va Isroil qarshi hujum bilan javob berishi kutilmoqda.

Nashr Haniyaning oʻldirilishi Isroil va HAMAS oʻrtasida asirlarni almashish boʻyicha bilvosita muzokaralar davom etayotgan davrda sodir boʻlganiga eʻʻtibor qaratadi.

"Bosh vazir Benʻyamin Netanyaxuning oʻz rejalari borligi va mahbuslarni uyga qaytarish uning eng muhim dasturi emasligi aniq", deyiladi matnda.

Muallifning taʻʻkidlashicha, Netanyaxu "ikki tomonlama" harakat qilmoqda.

Oʻtgan hafta Isroil bosh vaziri Qoʻshma Shtatlardagi mahbuslarning oilalariga muzokaralarda oʻsish borligini aytdi, biroq bu bayonotdan koʻp oʻtmay u kelishuvga toʻsqinlik qiladigan yangi shartlarni eʻʻlon qildi, deya qoʻshimcha qildi gazeta.

Mavzuga aloqador