Isroil armiyasi Bosh shtabi guruhi Beeri kibutsi (aholi punkti)da 12 isroillikning oʻlimi boʻyicha tergov olib bormoqda. Qayd etilishicha, uy Isroil ishgʻol armiyasining yuqori martabali zobitining buyrugʻi bilan oʻqqa tutilgan, deya xabar bermoqda Haaretz nashri.

Voqeadan omon qolgan ikki nafar isroillik Yasmin Porat va Xadas Daganning aytishicha, uy HAMAS askarlari emas, balki TsAXAL tanklari tomonidan oʻqqa tutilgan.

Gazeta maʻʻlumotlariga koʻra, bu Beeridagi janglarga rahbarlik qilgan Isroilning 99-armiya diviziyasi qoʻmondoni brigada generali Barak Xiram garovga olinganlar borligiga qaramay, tank ekipajiga uyga qarata oʻt ochishni buyurgan, degan shubhalarni kuchaytiradi. 

Mavzuga aloqador