2005 yilda Iroqda amerikalik askarlarning Hadisa qirgʻini suratlari paydo boʻldi
2005 yil 19 noyabrʻ kuni Iroqning Hadisa shahrida AQSh askarlarini olib ketayotgan avtomobilga hujum uyushtirilgan. Bundan gʻazablangan Amerika harbiylari yaqin atrofdagi uylarga bostirib kirib, 24 nafar tinch aholi, jumladan, ayollar va bolalarni qirgʻin qilgan edi. Oradan 24 yil oʻtib, ushbu holat aks etgan fotosuratlar oshkor boʻldi.
2005 yili
Iroqning Hadisa shahrida Amerika askarlari 24 nafar tinch aholini, jumladan
ayollar va bolalarni oʻldirgan qirgʻin fotosuratlari oshkor boʻldi. Ushbu
fotosuratlar AQSh armiyasi tomonidan tasvirga olinib, bugungi kungacha saqlab
kelinayotgani maʻʻlum boʻldi.
Amerikan
New Yorker jurnali mazkur fotosuratlarga asoslangan holda AQSh armiyasiga qarshi daʻʻvo
qoʻzgʻatdi va ushbu ish doirasida fotosuratlar birinchi marta ommaga taqdim etildi.
Jurnal
xabarida keltirilishicha, 2005 yil 19 noyabrʻ kuni Hadisa shahrida Amerika
askarlarini olib ketayotgan avtomobilga hujum uyushtirilgan va AQSh askarlari bu
hududdagi uylarga kirib, 24 nafar tinch aholini qirgʻin qilgan.
Shunga
koʻra, qirgʻinda AQSh askarlari jami 24 nafar tinch aholini oʻldirgan, ulardan eng
kichigi 3 yoshli qiz va eng kattasi 76 yoshli erkak boʻlib, bir necha daqiqa ichida
jasadlarni raqamlab, soʻng suratga olib ketishgan.
Amerikan
New Yorker jurnali qirgʻinda halok boʻlganlarning oilalari bilan birgalikda AQSh
armiyasiga qarshi ochilgan daʻʻvo arizasida yillar davomida jamoatchilikdan
yashirilgan fotosuratlarning taxminan bir muddatdan soʻng oshkor etilishini talab
qildi. 4 yil oʻtgach, armiya ushbu fotosuratlarni jurnalga topshirishga majbur
boʻldi.
Qonli qirgʻin fotosuratlari
Jurnal tomonidan chop etilgan fotosuratlardan birida Zaynab Yunus Salim ismli 5
yoshli qizning boshiga oʻq uzilgani va orqasiga amerikalik
askarlar tomonidan «11» yozuvi yozilgani koʻrinadi.
Yana bir kadrda ismi Ayda Yasin Ahmad ekani aytilgan ayol
bolalarining jasadlari bilan qonga belangan toʻshakda yotibdi. Suratdagi
qurbonlarning ismlari Saba (10), Oysha
(3), Zaynab (5),
Muhammed (8) va Ayda ekanligi bildirildi.
Boshqa bir kadrda esa eng yosh jabrdiyda 3 yoshli Oysha Yunus Salim otib
oʻldirilganidan soʻng amerikalik askarlarning yonogʻiga «12» raqami yozilgan.
Yana
bir kadrda universitetga ketayotib, AQSh askarlari tomonidan qurshab olingan va
oʻldirilgan 5 nafar tinch aholining jasadlari koʻrsatilgan.
Jurnal
xabarida keltirilishicha, qirgʻin paytida toʻshak yonidagi burchakda yashiringan 11
yoshli Safa ismli oʻgʻil bolaning
omon qolgani bildirildi.
Qirgʻin
bilan bogʻliq tergov hujjatlariga koʻra, voqeani sodir etganlardan biri boʻlgan
kapral Stiven Tatum tergovchilarga otishma boshlanishidan oldin xonadagi
odamlarning ayollar va bolalar ekanligini payqagani, hatto ularning bolalar ekanligini bilib turib ularga qarata oʻq
uzishda davom etganini
taʻʻkidlagan.
Qirgʻinda
qatnashgan askarlarning hech biri jazolanmadi. Oʻsha paytdagi qoʻmondonlardan biri,
keyinroq AQSh mudofaa vaziri boʻlgan Jeyms Mettis qirgʻinni sodir etganlardan
biriga maqtovga toʻla maktub yozib, voqeaga aloqador askarlarning «begunoh»
ekanligini taʻʻkidlagan.