Bombalanayotgan Gʻazo: 332-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 332 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Soʻnggi 24 soat ichida bosqinchilar Rafah,
Zaytun hududi va Nusayrat lageriga hujum qildi. Kun davomida 48 kishi halok boʻldi, 78 kishi jarohatlandi.
Urush
boshlanganidan buyon Gʻazo sektorida 40 786 kishi shahid boʻldi, 94 224 nafar
falastinlik jarohatlandi.
▪️Natsistlar Gʻazo shimolida koʻchirilgan
odamlar yashab turgan
Safad maktabini bombardimon qildi. Dastlabki maʻʻlumotlarga koʻra, 11 kishi halok
boʻlgan, oʻnlab kishilar yaralangan.
▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Jenin
va boshqa Falastin shaharlarini oltinchi kundan beri qamalda ushlab turibdi.
Shahidlar soni 29 kishiga etdi.
▪️Gʻazoning Rafah tumanida HAMAS
qoʻlida saqlanayotgan 6 ta isroillik asirning jasadi topildi. Buning ortidan
Tel-Avivda minglab fuqarolar norozilik namoyishlariga chiqdi. Hukumat ularga
qarshi kuch ishlatdi.
▪️Al-Qassam
brigadalari Jeninda ishgʻolchi piyoda qoʻshinlar pistirmaga uchragani, oʻlganlar va
yaradorlar borligi, ular vertolyotda evakuatsiya qilingani haqida xabar beradi.
▪️Gʻarbiy
Sohildagi Al-Xalil
bombalangan avtomobilʻ portlashi natijasida Isroilning uchta politsiyachisi yoʻq
qilindi, biroq maxsus amaliyot chogʻida operatsiya ijrochisi - Muhannad
Al-Asud ham oʻldirdi.
▪️Hizbulloh Avivim aholi punktida ishgʻolchi askarlarni yoʻq
qildi.